Sport | 18:54 / 05.08.2023
24411
2 daqiqa o‘qiladi

«MYu» «Lans»ni mag‘lub etdi, Husanov «Old Trafford»da maydonga tushgan ilk o‘zbek futbolchisiga aylandi

«Manchester Yunayted» va «Lans» klublari yangi mavsum oldidan «Old Trafford»da o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi.

Foto: Getty Images

O‘tgan mavsumga ko‘ra Angliyaning 3-jamoasi va Fransiyaning 2-jamoasi o‘rtasidagi bahsda fransuzlar tarkibida o‘zbekistonlik 19 yoshli himoyachi Abduqodir Husanov bahsni zaxira o‘rindig‘ida boshladi.

Mehmonlar birinchi bo‘limda hisobni ochib, tanaffusga g‘olib sifatida chiqishdi.

Ikkinchi bo‘limda esa mezbonlar Reshford, Antoni va Kazemironing goli evaziga g‘alabani ilib ketishdi – 3:1.

«MYu» - «Lans» (3:1) uchrashuvining 86-daqiqasida Abduqodir Husanov zaxiradan maydonga tushdi va o‘yinda hisob o‘zgarmadi.

Shu tariqa, 19 yoshli Husanov «Old Trafford»da maydonga tushgan ilk o‘zbek futbolchisiga aylandi.

O‘rtoqlik o‘yini. 5 avgust
Manchester Yunayted Angliya – Lans Fransiya 3:1
«Old Trafford», Angliya

Gollar: 0:1 – 23 Sotoka, 1:1 – 48 Reshford, 2:1 – 53 Antoni, 3:1 – 59 Kazemiro.
Manchester Yunayted – Onana, Diogu Dalot, Varan, Martines, Shou, Kazemiro, Brunu Fernandesh, Maunt, Antoni (Forson, 81), Garnacho (Sancho, 68), Reshford.
Lans – Samba, Gradi (Abduqodir Husanov, 86), Danzo, Medina, Machado (Aydara, 72), Frankovski (Sishuba, 85), Tomasson (David Koshta, 73), Fyuljyeni (Gilavogi, 73), Abdul-Samad (Spirings, 72), Diuf (El-Enaui, 85), Sotoka (Kortes, 85).

Mavzuga oid