YUNISEF taşkiloti yoş bolalarning yetarli miqdorda ovqatlanmasligi bilan boğliq masalalar tahliliga bağişlangan hisobotini (.pdf) e’lon qildi. Bunday muammoga ega mamlakatlar 63 ta bölib, ularning qatorida Özbekiston ham bor.
Bolalarning oziq-ovqat xavfsizligi ovqatlaniş ratsioni körsatkiçi bilan aniqlanadi. U YUNISEF va Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) tomonidan işlab çiqilgan. Soğlom ösiş va rivojlaniş uçun bolalar 8 ta guruhga kiruvçi mahsulotlarning kamida 5 tasini iste’mol qilişi lozim:
1. Kökrak suti;
2. Don mahsulotlari, ildiz mevalilar, rezavorlar, tropik mevalar;
3. Dukkaklilar, yonğoq va uruğlar;
4. Sut mahsulotlari;
5. Göşt mahsulotlari (jumladan, parranda va baliq);
6. Tuxum;
7. A vitaminiga boy meva va sabzavotlar;
8. Boşqa meva va sabzavotlar.
Agar bolalar:
- 2 ta guruhga kiruvçi mahsulotlarni iste’mol qilsa, ular ovqatlaniş bilan boğliq öta qaşşoq ahvolda yaşaydi;
- 3-4 ta guruhga kiruvçi mahsulotlarni iste’mol qilsa, ular ovqatlaniş bilan boğliq mö’tadil ahvolda yaşaydi;
- 5 va undan ortiq guruhga kiruvçi mahsulotlarni iste’mol qilsa, ular ovqatlaniş bilan boğliq qaşşoq ahvolga tuşmagan hisoblanadi.
YUNISEF röyxatiga 63 ta davlat kiritilgan bölib, Somali, Gvineya, Afğoniston, Efiopiya, Hindiston, Pokiston, Senegal, Tojikiston kabi mamlakatlar yuqori örinlarda qayd etilgan.
Özbekiston bolalarning töyib ovqatlanmaslik darajasi örtaça bölgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Bu guruhda Armaniston, Qirğiziston, Misr va Xitoy kabi mamlakatlar bor.
Töyib ovqatlanmaslik darajasi past bölgan mamlakatlar qatoriga Belarus, Serbiya, Kosta-Rika, Peru, Turkmaniston va boşqalar kiritilgan.
Tadqiqotçilarning qayd qilişiça, bolalarning ovqatlaniş bilan boğliq qaşşoq ahvolga tuşib qolişining 3 ta asosiy sababi bor: noqulay oziq-ovqat muhiti, notöğri ovqatlaniş amaliyoti va oila daromadining pastligi.












