Kambağal oilalarning umumiy örta ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan farzandlarining tögarak xarajatlarining 80 foizgaça qismi davlat budjeti mablağlari hisobidan qoplab beriladi.

7–11 yoşdagi öquvçilar uçun:

  • darsdan keyingi qöşimça ta’lim (uzaytirilgan kun guruhlari) taşkil etiladi;
  • tögarak xizmatlari faqat davlat umumiy örta ta’lim muassasalarida taklif etiladi;
  • oylik tölov miqdori — bazaviy hisoblaş miqdorining 1 baravarigaça.

12–18 yoşdagi öquvçilar uçun:

  • matematika, fizika, kimyo, biologiya, geografiya, tarix, davlat va huquq asoslari, ona tili va adabiyoti, özbek, rus tillari va adabiyoti böyiça tögaraklar taşkil etiladi;
  • oylik tölov miqdori — BXMning 2 baravarigaça.

15–18 yoşdagi öquvçilar uçun:

  • xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz) böyiça tögaraklar;
  • oylik tölov miqdori — BXMning 2 baravarigaça.
  • axborot texnologiyalari va kasb-hunar yönalişidagi tögaraklar;
  • oylik tölov miqdori — BXMning 4 baravarigaça.

Öquvçi, uning ota-onasi (yoki qonuniy vakili) hamda tögarak xizmatini körsatuvçi taşkilot örtasidagi şartnoma Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali tuziladi.

Tögaraklar 9 oydan köp bölmagan muddatda amalga oşiriladi. Har bir öquvçi bir vaqtning özida köpi bilan ikki tögarakni tanlaşi mumkin.

Tölovlar va davomat haqidagi ma’lumotlar kelajak.uzedu.uz elektron platformasida avtomatik tarzda hisoblanadi.