Iyun oyining dastlabki haftasida bir qator muhim makroiqtisodiy ma’lumotlar e’lon qilindi. Yuqori foiz stavkalari AQShning iqtisodiy faolligiga o‘z ta’sirini o‘tkazayotgani va u endilikda salbiy o‘zgarishlarni keltirib chiqarayotgani alomatlari ko‘rina boshladi. Dushanba kuni e’lon qilingan ishlab chiqaruvchilar indeksi (Manufacturing PMI) may oyida sezilarli darajada, prognozdan 1,1 punktga pastroq chiqib, 48,7’ni tashkil etgan. Bundan tashqari, AQSh mehnat bozorida ahvol yomonlashmoqda. AQSh Mehnat statistikasiga ko‘ra, yangi ish o‘rinlari ochilishi keskin pasaygan va kutilgan 8,370M ish o‘rinlariga nisbatan aslida 8,059M ish o‘rinlari paydo bo‘lgan. Bu ishsizlik darajasida ham aks etgan va may oyida bu ko‘rsatkich 4 foizgacha ko‘tarilgan.
Jahon Insighs kanali ekspertlari 3 iyundan 7 iyungacha bo‘lgan davrda xalqaro moliya bozorida sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni tahlil qilib chiqdi.
AQSh top fond bozorlari indeksi:
- S&P500 – 5346 (hafta boshidan +1,32 foiz, yil boshidan +12,10 foiz);
- NASDAQ – 19000 (hafta boshidan +2,50 foiz, yil boshidan +12,93 foiz);
- DJI – 38799 (hafta boshidan +0,29 foiz, yil boshidan +2,94
foiz).
Hisobot haftasida Dow Jones indeksi 113 punktga, NASDAQ 464 punktga va S&P500 70 punktga oshdi.
Asosiy qimmatbaho metallar:
- Oltin – 2293 dollar (1 unsiyasi) hafta boshidan -1,43 foiz, yil boshidan +11,19 foiz;
- Kumush – 29,1 dollar (1 unsiyasi) hafta boshidan -4,04 foiz, yil boshidan +22,66 foiz;
- Alyuminiy – 2567 dollar (1 tonnasi) hafta boshidan -3,06 foiz, yil boshidan +7,81 foiz:
- Mis – 4,4 dollar (1 funti) hafta boshidan -3,95 foiz, yil boshidan +14,16 foiz.
Qimmatbaho metallar ham tebranuvchan va korreksiya haftasini boshdan kechirdi. Oltin va mis mos ravishda 33 dollar va 0,18 dollarga, alyuminiy va kumush 81 dollar va 1,23 dollarga arzonlashdi.
Neft
- WTI – 75,35 dollar (hafta boshidan -2,29 foiz, yil boshidan +5,69 foiz);
- BRENT – 79,47 dollar (hafta boshidan -2,23 foiz, yil boshidan +3,15 foiz).
Hafta davimida neftning WTI markasi 1,77 dollarga, BRENT esa 1,81 dollarga arzonladi.















