15:07 / 09.06.2024
5937

Sirdaryoda somon ortib ketayotgan yuk mashinasi yonib ketdi

Mashinaga baland qilib ortilgan somon toylari elektr uzatish liniyasiga tegib ketgan va oqibatda yong‘in sodir bo‘lgan.

Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida somon ortib ketayotgan yuk mashinasi yonib ketgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.

2024 yil 31 may kuni soat 21:45 larda Sayxunobod tumanida somon ortib ketayotgan yuk mashinasida yong‘in kelib chiqqan. Oqibatda yuk mashinasi va unga ortilgan somon yonib ketgan.

Qayd etilishicha, yong‘in-qutqaruv ekipaji tomonidan yong‘in soat 22:26 da to‘liq o‘chirilgan. Hodisada hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda yuk mashinasiga baland qilib ortilgan somon elektr uzatish liniyasiga tegib ketgani va oqibatda yong‘in kelib chiqqani aytilmoqda.

Avvalroq, somon toylarini ortgan yuk mashinasi Urgut shahridagi ko‘chalardan birida harakatlanayotganda elektr uzatish liniyasiga tegib yonib ketgandi.

Top