Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligidagi yiğiliş 14 ta hudud, 208 ta tuman va şahar hokimlari, ularni örinbosarlari, banklar, «mahalla yettiligi» uçun saboq bölişi ta’kidlandi.
Davlat rahbari tumandagi muammolarni sanab, ularning yeçimlarini belgilab berdi.
Eng avvalo, davlat tomonidan katta resurslar ajratilayotganiga qaramay, tumanda tadbirkorlikni rivojlantirişda banklarning örni sezilmayotgani qayd etildi.
Ötgan yili mahalladagi tadbirkorlik uçun Sayxunobodga 120 milliard söm berilgan. Tuman tadbirkorlari ötgan yil soliqdan 85 milliard sömlik imtiyoz olgan.
Lekin bu mablağlar iş örinlariga aylanmayotgani, kambağallikni qisqartirişga ta’siri sezilmayotgani körsatib ötildi.
Xususiy sektorda yaratilgan rasmiy iş örni bor-yöği 968 taga köpaygan.
Ya’ni, banklar faqat qaytimni öylab, oson yöl bilan resurslarni doimiy mijoziga berayapti. «Men ham tadbirkor bölay, mahallada iş örni yaratay», degan oddiy odamlar çetda qolib ketyapti. Ularga tayyor loyiha paketlari berilmayapti.
Sayxunobodda 2023 yilda işlab çiqariş hajmi deyarli ösmagan.
Mutasaddilar korxonalarga aylanma uçun pul berib, mahsulotni köpaytirişga e’tiborsiz bölgani qayd etildi.
Bugungi kunda tumanda 1 million sömlik mahsulot yaratiş uçun örtaça 126 kilovatt-soat elektr sarflanyapti. Bu – viloyatning qolgan tumanlaridan 2 karra köp.
Sababi – 19 ta mahalladan 16 tasida yuqori qöşilgan qiymat yaratadigan birorta işlab çiqariş yöq.
Vaholanki, tumandagi tayyor infratuzilmasi bor 16 ta bino va inşoot qimmatligi uçun bir yildan buyon sotilmay taşlandiq yotibdi. Yana uzoq yillardan beri böş turgan 5 ta obekt auksionga çiqarilmagan.

Tumandagi birorta mahallada xomaşyoni yetkaziş, borini qayta işlaş, odamlarni mahsulot işlab çiqarişga örgatiş va kooperatsiya qiliş böyiça tayinli iş olib borilmayotgani körsatib ötildi.
Bu borada mahalliy sanoatga mas’ul 13 ta uyuşma Sayxunobodga 2023 yilda biror marta kelmagan. Bu yil uçun ham reja qilmagan.
Tumanning eng katta zaxirasi ham, imkoniyati ham – yer. Masalan, Sayxunobod – aholi tomorqasi 20 sotixdan ortiq bölgan 26 ta tumandan biri. Lekin buning 10 foizi işlatilyapti, asosiy ekin – beda bilan makka bölib qolgan.
Sayxunobodning 19 kilometr hududidan Sirdaryo oqib ötgani uçun, «suv tekin» degan tuşunça örnaşib qolgan.
Tumanda 89 ta şoliçilik fermer xöjaligida na lazerli tekislagiç, na hisob-kitob bor. Şu örinda, tumandagi 3 ming gektar şoli maydonlarida hosildorlik gektariga atigi 50 sentnerni taşkil qilmoqda.
Kanallarni betonlaş rejasi 61 foizga bajarilgan, xolos. Bu viloyatdagi eng yomon körsatkiç.












