Bu yerda aholining turmuş tarzi, ijtimoiy hayoti bilan tanişiş uçun tumandagi Ittifoq mahallasida böldik. Biz ilk duç kelgan xonadondagi muhit esa yozuvçi Said Ahmadning “Kelinlar qözğoloni” spektaklidagi Farmonbibi oilasini eslatdi. Bu yerda 10 aka-ukaning oilasi bir mahallada yaşaşadi.
Iftorlik dasturxoni uçun kök somsa pişirayotgan kelinlardan sayxunobodliklarning turmuş tarzi, hayoti haqida söradik.
“Sayxunobodlik ayollar judayam sodda, mehnatkaş. Kelin bölib tuşganimizda mahallamizda gaz, suv bölmagan. Neça kilometrdan suv taşib kelganmiz, heç nolimaganmiz. Lekin bu yilgi taşabbus orqasidan köplab yerlari quruq yotgan xonadonlar ekin ekib, tovuq, qöy boqib, uzumçilik bilan şuğullanib, özlarini band qilişyapti. Uyğoniş böldi bu taşabbus.
Katta-katta yerlarimizda faqat beda ekilardi. Hozir mahallamizdagi 50 dan ortiq xonadonlarda uzum ekildi”, dedi örtança kelin Muhabbat Soatova.
Uzumçilikni boşlagan Inomjon Niyozov 20 sotixli tomorqasida boğdorçilik,uzumçilik bilan şuğullanişni boşlagan. Undan taşqari qovoqning eksportbop navini ham ekyapti:
“Tomorqamizni töldirib beda ekardik. Hozir 20 sotixning 4 sotixini boğdorçilik qildik, undan taşqari 3 sotixga uzumçilik taşkil qildik.
Ayolim bilan yonimizda joylaşgan paxta tozalaş korxonasida mavsumiy davrda işlaymiz. Ayni bahorda iş boşlangan paytdan to keç kuzgaça böşmiz. Şu vaqtda dehqonçilik bilan şuğullanmoqçimiz. Şu paytgaça dehqonçilik qilsak xaridor topilmagan, hozir esa şu uruğni tavsiya qilganlar özlari mahsulotimizni sotib olmoqçi. Şundan xursandmiz”.
Navbatdagi xonadonda ham issiqxona taşkillaştirilgan, ham asalariçilikni yölga qöyişayotgan ekan. Xonadon bekasi Muhayyo Rahmonova issiqxonaning özidan yiliga 15 mln daromad topişini aytdi.
“Biz 4 yildan beri issiqxona bilan şuğullanamiz. 2 sotix yerimiz bor. Yaqinda prezidentimiz kelganidan keyin bizga subsidiya asosida 100ta tovuq, 5ta qöçqor, asalari berildi. Endi ulardan ham daromad qilamiz”.
Joriy yil mart oyida davlat rahbarining Sayxunobodga taşrifida tumandagi iqtisodiy-ijtimoiy ahvolning yaxşi emasligi qattiq tanqid ostiga olingan edi. Ayni paqtda tumanda yölga qöyilgan Sayxunobod tajribasi butun respublika böylab ommalaştiriladi.












