Prezident Şavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumaniga taşrif buyurib, tomorqa va uy xöjaliklaridagi imkoniyatlarni töliq işga soliş orqali aholi daromadlarini oşiriş yuzasidan videoselektor yiğilişi ötkazmoqda.
Davlat rahbari nega aynan şu tumanga kelganini izohladi.
Sayxunobod aholisi yaxşi yaşaşga, daromadli bölişga, bolalarini öqitişga intilayotgani, lekin tumandagi oğir iqtisodiy ahvol bunga tösqinlik qilayotgani qayd etildi.
Tadbirkorlik, bandlik, kambağallikdan çiqarişga katta-katta mablağlar ajratilayotganiga qaramay, Sayxunoboddagi 19 ta mahallada yaşaydigan 83 ming aholini qançasiga bu imkoniyatlar yetib borayapti, degan savol oçiq qolmoqda.
Şuning uçun bugungi yiğiliş tomorqa va uy xöjaliklarini rivojlantiriş orqali aholi farovonligini oşirişda nafaqat Sayxunobod, balki butun mamlakatimiz uçun tub buriliş yasaydi.
Joylardagi va respublika darajasidagi rahbarlar Sayxunoboddagi ahvolni yaxşilaşga e’tibor qaratmagani, pastga tuşib işlamagani, faqat yiğiliş ötkaziş bilan çeklangani tanqid qilindi.
Misol uçun, tumanda 2 ming 400 ta işsiz bor, kambağallik darajasi – 14 foiz, mahalliy budjet tuşumi 27 milliard söm, xarajati 67 milliard söm.
«Bir söz bilan aytganda, Sayxunobodda tadbirkorlik ösmayapti, Yangi Özbekiston nafasi sezilmayapti», dedi davlat rahbari.
Şu bois, viloyat hokimining birinçi örinbosari, Sayxunobod tumani hokimi va uning birinçi örinbosari lavozimidan ozod etilib, örniga zamonaviy rahbarlar qöyilgani ta’kidlandi.
- Eslatib ötamiz, 11 mart kuni Sayxunobod tumani hokimi Anvar Karimov işdan olinib, uning örniga Komiljon Mullajanov tuman hokimi etib tayinlangandi. Karimov 2019-2023 yillarda Sirdaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari bölgan, 2023 yil davomida avvaliga yarim yildan oşiq vaqt davomida iqtisodiyot va moliya vaziri örinbosari bölib işlagan, avgust oyida qişloq xöjaligi vaziriga örinbosar etib tayinlangan, noyabr oyidan buyon Sayxunobod tumani hokimi edi.
- Şuningdek, Abdurahim Umarov Sirdaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimini












