Shveytsariya tinchlik sammiti ishtirokchilari sonini e’lon qildi
AQSh va Argentina prezidentlari hamda BMT bosh kotibi sammitda qatnashmaydi, Rossiya va Xitoy vakillari umuman ishtirok etmaydi.
Deyarli 90 ga yaqin davlat va tashkilotlar dam olish kunlari Shveytsariyada bo‘lib o‘tadigan Ukraina bo‘yicha tinchlik sammitida ishtirok etishini tasdiqladi. Rossiya va Xitoy umuman qatnashmaydi. Bu haqda AP xabar berdi.
Sammit Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy takliflariga bag‘ishlanadi. Rossiya esa bu takliflarni qabul qilmoqchi emas, shu tufayli qatnashmasligini ma’lum qilgan.
Shveytsariya prezidenti Viola Amherd sammitning maqsadi Ukrainada tinchlik o‘rnatish yo‘lini belgilash ekanini aytdi.
«Bu tashviqot haqida emas. Bu Shveytsariya tomonidan ko‘rsatilayotgan insonparvarlik yordamining asosi haqida. Bu yordam tinchlikni targ‘ib qilish va muloqotni boshlash uchun platforma yaratishga asoslangan», dedi Amherd.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sammitda qatnashayotgan davlatlarning aksariyati rahbarlari kelsa, qolganlari hukumat rahbarlarini jo‘natadi. Xususan, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kansleri Olaf Shols ishtirok etishi kutilmoqda.
Tinchlik sammitida nafaqat Rossiya, balki Xitoy vakili ham ishtirok etmaydi. AQSh tomonidan faqat vitse-prezident qatnashadi.
Shuningdek, sammitda BMT bosh kotibi Antonio Guterrish ham ishtirok etmaydi.
Mavzuga oid
20:53 / 17.10.2024
Frontdagi vaziyat: Rossiya Ukraina kuchlarini Kursk oblastidan siqib chiqarishga urinmoqda, Vovchansk esa kultepaga aylangan
14:30 / 17.10.2024
Ukraina o‘z portlariga kuzatuv missiyasini yuborishni so‘rayapti
13:10 / 17.10.2024
Bayden Kiyevga 425 mln dollarlik yordam paketi haqida ma’lum qildi
11:50 / 17.10.2024