Sud Alisher Usmonovni Germaniyadagi villa egasi deb atashni taqiqladi
Germaniya sudi taqiqni buzgan har bir holat uchun 250 ming yevrogacha jarima soladi.
Germaniyaning Hamburg hududi sudi Tegernseer Stimme gazetasiga rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovning Bavariyada villasi borligi haqidagi da’voni tarqatishni taqiqladi. RBK xabariga ko‘ra, bu haqda sudning 10 iyundagi qarorida aytiladi.
Taqiqni buzgan har bir holat uchun sud 250 ming yevrogacha jarima soladi. Agar bunday jarimani undirishning iloji bo‘lmasa, sudlanuvchi har bir qoidabuzarlik uchun 6 oygacha, barchasini qo‘shib hisoblaganda 2 yilgacha ma’muriy qamoqqa olinishi mumkin.
Usmonovning advokatlari gazetani 2017 yilda chop etilgan maqola yuzasidan sudga bergan edi, unda tadbirkor «mish-mishlarga ko‘ra, Tegernzeye ko‘lida 1 yil davomida katta villaga egalik qilgani» yozilgan.
Usmonovning mediahuquqlar bo‘yicha bo‘yicha advokati Yoaxim Shtaynxefel so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqining Usmonovga nisbatan sanksiyalari aynan matbuotda e’lon qilingan maqolalarga asoslangan.
«Mulkka egalik qilish haqidagi yolg‘on da’vo ham sanksiyalarni oqlash uchun qayta-qayta qo‘llangan. Germaniya sudi bunday asossiz ayblovni aniq va so‘zsiz taqiqladi», dedi tadbirkorning advokati.
Alisher Usmonov USM holdingi asoschisi va eng yirik aksiyadori hisoblanadi. Unga «Metalloinvest», «Udokanskaya med» va «Megafon» kompaniyalari kiradi. U eng boy rossiyalik milliarderlarning Forbes ro‘yxatida sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi. Jurnal uning boyligini 14,4 milliard dollarga baholagan.
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan keyin Alisher Usmonov ham boshqa ko‘plab rossiyalik tadbirkor va siyosatchilar singari Yevropa Ittifoqi, AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Kanada, Avstraliya va boshqa davlatlar tomonidan sanksiyalarga uchradi.
Usmonov ushbu sanksiyalardan sud orqali xalos bo‘lishga urinmoqda.
Tavsiya etamiz
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
3 ga 90. Isroil va Hamas o‘rtasidagi sulh qanday kechmoqda?
Jahon | 20:11 / 20.01.2025
Xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lgan prezident maktabi o‘quvchilariga BYD sovg‘a qilindi
O‘zbekiston | 19:59 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?
O‘zbekiston | 17:03 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Aydar-Arnasoy ko‘llarida noqonuniy baliq ovlash natijasida qariyb yarim mlrd so‘mlik zarar yetkazildi
Jamiyat | 09:43
-
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16
-
Voronej oblastidagi neft bazasiga dronlar hujum qildi
Jahon | 09:08
-
Smolenskka dronlar hujumi: ko‘p qavatli uy va aviazavod yonmoqda
Jahon | 09:04
Mavzuga oid
20:31 / 17.01.2025
AQSh Afg‘onistonning muzlatilgan aktivlarini taqiqdan chiqarmadi
21:29 / 10.01.2025
AQSh Rossiyaning «Gazprom neft» va «Surgutneftegaz» kompaniyalariga qarshi sanksiyalar kiritdi
20:22 / 08.01.2025
Xitoy Rossiyaning maxfiy floti uchun portlarni yopmoqda – OAV
20:35 / 07.01.2025