Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada chet elliklar tomonidan SIM-karta sotib olish shartlari kuchaytiriladi
Yangi cheklovlar firibgarlik va boshqa jinoyatlar sodir etish ehtimolini kamaytirishga qaratilgani ta’kidlanmoqda.
Mobil aloqadan foydalangan holda firibgarlik va boshqa jinoyatlar sodir etish ehtimolini kamaytirishga qaratilgan qonun loyihasi Rossiya Davlat Dumasiga kiritildi. Bu haqda loyiha mualliflaridan biri, deputat Vasiliy Piskarev xabar berdi.
Qonun loyihasida chet elliklar uchun SIM-karta olish shartlari yanada kuchaytiriladi. Endi ular Internet orqali emas, faqat aloqa do‘konlari va savdo nuqtalarida Yagona biometrik tizimdan foydalangan holda mobil aloqa uchun shartnoma tuza oladi.
Bir nafar chet el fuqarosiga 10 dan ortiq raqam berilishi taqiqlanadi. Bundan tashqari, SIM-karta mijoz qurilmasining IMEI kodiga (telefon, planshet, noutbuk identifikatsiya kodi) biriktirib qo‘yiladi, shu tufayli SIM-kartani boshqa qurilmaga ko‘chirish imkonsiz bo‘ladi.
Qonun loyihasida, shuningdek, xorijliklar 2025 yil 1 martgacha avval tuzilgan shartnomalarni yangi shartlarda yangilashi kerakligi nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
18:43 / 08.07.2026
Rossiyada chet el fuqarolarining yashashi qoidalarini kuchaytiradigan qonun qabul qilindi
19:41 / 04.07.2026
Kommunal soha bilan bog‘liq murojaatlar soni keskin ortgan – Raqobat qo‘mitasi
11:55 / 02.07.2026
O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarida Rossiyaning ulushi pasayishda davom etmoqda
12:17 / 30.06.2026