Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondagi 7 ta OTM Impact Rankings-2024 xalqaro reytingida top-1000 talikdan joy oldi
Reytingda Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti gender tenglik ko‘rsatkichi bo‘yicha dunyoda 10-o‘rinni egalladi.
Foto: Dunyo
Shu yil 10-13 iyun kunlari Tailandning Bangkok shahrida Times Higher Education xalqaro reyting tashkiloti tomonidan BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan "Global barqaror rivojlanish kongressi" tashkil etildi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, kongressda Times Higher Education xalqaro reyting tashkiloti tomonidan Impact Rankings-2024 natijalari e’lon qilindi.
Mazkur ro‘yxatda O‘zbekistonning 53 ta oliy ta’lim muassasasi qayd etilgan. Ulardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti (301 – 400-o‘rin), Toshkent davlat yuridik universiteti (401–600-o‘rin), O‘zbekiston Milliy universiteti (601–800-o‘rin), Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti (601–800-o‘rin), Samarqand davlat universiteti (801–1000-o‘rin), Toshkent davlat texnika universiteti (801–1000-o‘rin) va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (801–1000-o‘rin) top-1000 talikdan joy oldi. Shuningdek, reytingda Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti gender tenglik ko‘rsatkichi bo‘yicha dunyoda 10-o‘rinni egalladi.
O‘zbekiston delegatsiyasi tashrif davomida BMT Barqaror rivojlanish maqsadlariga qaratilgan muhokamalar, oliy ta’lim muassasalarining xalqaro reytingdagi o‘rnini mustahkamlash hamda nufuzli xorijiy universitetlar bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.
Mavzuga oid
19:23 / 16.01.2026
O‘zbekiston mobil internet tezligi reytingida 5 pog‘onaga pastladi
17:56 / 16.01.2026
O‘zbekiston yashash uchun eng arzon davlatlar qatoriga kirdi
15:13 / 15.01.2026
Hududlar reytingi: metallurgiya ishlab chiqarishida Navoiy va Toshkent viloyati oldinda
07:36 / 15.01.2026