Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi
Prezident barchaga sihat-salomatlik, xonadonlarga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tiladi. Ushbu fayzli bayram ibrat maktabi, kuch-g‘ayrat manbai bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Qurbon hayiti munosabati bilan tabrik so‘zini yo‘lladi.
«Muhtaram vatandoshlar! Siz, azizlarni, butun xalqimizni tinchlik, mehr-oqibat va hamjihatlik fazilatlaridan tobora obod va munavvar bo‘layotgan yurtimizga kirib kelgan Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Ushbu saodatli damlarda barchamiz bu ulug‘ ayyomning ruhi va shukuhini chuqur his etib, el-yurtimiz bilan birgalikda shunday yorug‘ kunlarga yetkazgani uchun Yaratganga cheksiz shukronalar aytamiz», deyiladi tabrik so‘zi boshida.
Davlat rahbari ezgulik, mehr-muruvvat, saxovat va olijanoblik ramzi sifatida mustahkam qaror topgan Qurbon hayiti bugungi kunda barcha sohalarda inson qadri yetakchi o‘ringa chiqayotgan Yangi O‘zbekistondagi keng ko‘lamli islohotlar mazmuniga naqadar uyg‘un va hamohang ekani bilan yanada ahamiyatli bo‘lib borayotganini ta’kidladi.
«Muqaddas dinimiz, uning insonparvarlik mohiyatini o‘zida yaqqol ifoda etadigan ushbu fayzli bayram biz uchun ibrat maktabi, kuch-g‘ayrat manbai bo‘lib xizmat qiladi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz», deyiladi tabrik so‘zida.
Prezident shu kunlarda Haj ziyorati safarida bo‘lgan 15 ming nafar vatandoshni ham tilga oldi.
«Pok niyatlar ijobat bo‘ladigan mana shunday ilohiy lahzalarda ularning barchasiga chin dildan haj ibodatlarini to‘liq ado etib, yurtimizga sog‘-omon qaytib kelishlarini tilaymiz», deyiladi tabrik so‘zida.
Shu bilan birga, Mirziyoyev xorijiy ellarda bo‘lib turgan vatandoshlarni ham samimiy tabrikladi. Jahonning turli mintaqalarida davom etayotgan urush va janjallar tezroq barham topishini, Yer yuzida doimo tinchlik va osoyishtalik barqaror bo‘lishini tiladi.
«Barchamiz hamjihat bo‘lib, boshlagan islohotlarimizni yanada qat’iy davom ettirsak, bu ulug‘ maqsadga so‘zsiz yetamiz. Farzandlarimizni albatta bilimli, hunarli, odobli insonlar, chinakam vatanparvar avlod etib voyaga yetkazamiz. Shu yo‘lda barchamizga baxt va omad yor bo‘lsin! El-yurtimizni Yaratganning o‘zi panohida asrasin!
Siz, azizlarni muqaddas Qurbon hayiti bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman. Ulug‘ ayyom barchamizga muborak bo‘lsin!», deyiladi tabrik so‘zi yakunida.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Chexiya Rossiya neftiga qaramlikdan qutulganini e’lon qildi
Jahon | 21:41
-
SpaceX AQShning «Oltin gumbaz»i uchun sun’iy yo‘ldoshlarni uchirish bo‘yicha shartnomani qo‘lga kiritishi mumkin
Jahon | 21:39
-
Tramp Federal zaxira tizimi rahbarini iste’foga chiqarishga chaqirdi
Jahon | 21:37
-
Tesla aksiyalari xavotirli ko‘rsatkichgacha pasaydi
Jahon | 21:00
Mavzuga oid

16:03 / 12.07.2024
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining yarmini tuman budjetida qoldirish masalasi ko‘rib chiqiladi

14:15 / 12.07.2024
Quvasoydagi 12 ming gektar yeri bo‘lgan 616 ta fermerning yer solig‘i yarmiga kamaytiriladi

14:08 / 12.07.2024
“Kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya Ijtimoiy himoya agentligi tizimida bo‘ladi” – prezident

08:25 / 12.07.2024