Toşkent şahri Yunusobod tumanida Lacetti va Kia K5 rusumli avtomobillar iştirokida ayançli avariya röy berdi.
Poytaxt YHXB matbuot xizmati ma’lum qilişiça, hodisa 30 iyun kuni soat 05:10 larda Amir Temur–Boğişamol köçalari çorrahasida sodir bölgan. Lacetti Amir Temur köçasi böylab harakatlanib ketayotgan vaqtida, özidan öng tomondan harakatlanib kelgan Kia K5 rusumli avtomobil bilan töqnaşgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Kia katta tezlikda harakatlanib, Lacetti’ning orqa qismini urib ötganini köriş mumkin.
Xabarda avtomobilda bölganlarning ahvoli haqida ma’lumot berilmagan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.











