Germaniya vazirlari afg‘onlar deportatsiyasini qayta boshlashni talab qilmoqda
Germaniyaning federal yerlari ichki ishlar vazirlari Afg‘onistonda toliblar hokimiyatni egallab olgani sababli 2021 yilda to‘xtatilgan deportatsiya amaliyotiga qaytish niyatida. Ularning rejalari gumanitar tashkilotlar va «so‘llar» tomonidan tanqid qilindi.
Germaniyaning federal yerlari ichki ishlar vazirlari Germaniyada og‘ir jinoyat sodir etgan yoki xavf tug‘dirayotgan Afg‘oniston va Suriya fuqarolarini vataniga deportatsiya qilishni talab etmoqda. 19 iyun, chorshanba kuni Brandenburg ichki ishlar vaziri Mixael Shtyubgen: «Biz qonun ustuvorligimizni har tomonlama ekstremistlar tahdididan himoya qilishimiz kerak», dedi. Shtyubgen Potsdamda vazirlar konferensiyasiga raislik qilyapti, unda ishtirokchilar boshpana va migratsiya siyosati masalalarini muhokama qildi.
Xususan, Hamburg vakili Andi Grote Afg‘onistonga deportatsiyani qo‘llab-quvvatladi. U qo‘shni davlatlar bilan tuzilgan kelishuv amaldagi deportatsiya yo‘nalishini yaratish imkonini berishiga ishonch bildirdi. Hamburg vazirlar konferensiyasida tegishli deportatsiya taklifini taqdim etdi.
Germaniya ichki ishlar vaziri Nensi Fezer 20 iyun kuni federal yerlardagi hamkasblariga Afg‘onistonga deportatsiyani tashkil etish bo‘yicha federal darajada olib borilayotgan sa’y-harakatlar haqida ma’lumot bermoqchi. «Biz Afg‘onistonga deportatsiya qilish yo‘llarini qayta ochish bo‘yicha turli davlatlar bilan maxfiy muzokaralar olib bormoqdamiz», dedi Fezer Neue Osnabrücker Zeitung gazetasiga. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu harakatlardan maqsad Germaniyada qamoq jazosini o‘tab, zo‘ravonlik bilan jinoyat sodir etgan xorijliklarni, shuningdek, jamoat tartibiga tahdid soluvchi shaxslarni muntazam ravishda deportatsiya qilishdir.
Afg‘onistonga odamlarni chiqarib yuborish tashabbusi gumanitar tashkilotlar tomonidan tanqid qilindi. 20 iyun kuni ular Potsdamda norozilik namoyishi o‘tkazishni rejalashtirmoqda. So‘l partiya ham Afg‘onistonga deportatsiya bo‘yicha rejalarni tanqid qildi.
Germaniyadan muhojirlarni chiqarib yuborish masalasi bo‘yicha muhokama
Boshpana olish huquqiga ega bo‘lmagan muhojirlarni Germaniyadan chiqarib yuborish zarurligi haqidagi munozaralar may oyi oxirida Manxaymda Pax Europa guruhining mitingi ishtirokchilariga afg‘onistonlik shaxs hujum qilganidan so‘ng avj oldi. Hodisa yosh politsiyachi o‘limi bilan yakun topdi.
Berlin 2021 yilda toliblar hokimiyatni qo‘lga kiritgani sababli afg‘onlarni o‘z vataniga chiqarib yuborishni to‘xtatgan.
Mavzuga oid
17:13 / 25.12.2024
O‘zbekiston Afg‘oniston aholisiga insonparvarlik yordami va «Salomatlik» poyezdini jo‘natdi
17:10 / 25.12.2024
Pokiston Afg‘onistondagi nishonlarga havodan zarba berdi
18:20 / 18.12.2024
O‘zbekiston 2025 yilda ham Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib beradi
11:54 / 17.12.2024