Migratsiya agentligi ma’lumotiga köra, Özbekiston va Saudiya Arabistoni örtasida mehnat migratsiyasi yönalişida muhim yangi kelişuv imzolandi. Hujjat Migratsiya agentligi hamda Saudiyaning Health Resources Company (HRCO) kompaniyasi örtasida tuzilgan.

Ikki tomonlama manfaatli uşbu kelişuvning asosiy maqsadi — Saudiya Arabistonida örta tibbiyot xodimi sifatida işlaş istagida bölgan yurtdoşlarni uşbu mamlakatga qonuniy, xavfsiz va şaffof tartibda işga joylaştirişdan iborat.

Ma’lumot örnida, HRCO (Health Resources Company) Saudiya Arabistoni soğliqni saqlaş tizimini markazlaşgan tarzda boşqariş böyiça amalga oşirilayotgan keng qamrovli islohotlar doirasida taşkil etilgan muhim tuzilma hisoblanadi. Kompaniya inson resurslari (HR) operatory sifatida mamlakatdagi barça davlat tibbiyot muassasalari uçun yagona kadrlar siyosatini işlab çiqiş va boşqariş bilan şuğullanadi.

Migratsiya agentligi e’lonlariga köra, Saudiyada işlaş istagini bildirib ariza qoldirgan 887 nafar nomzod örta tibbiyot xodimlari orasida saralaş işlari olib borilgan va suhbatga tayyor deb baholanganlar uçun iş beruvçi tomon vakillari iştirokidagi tanlovlar boşlangan.

Yurtdoşlarga qulaylik yaratiş maqsadida bunday suhbatlar joriy yil 3–4 dekabr kunlari Andijon şahrida ham ötkazilişi belgilangan.