Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Turkiya jangovar tayyorgarlik yo‘nalishida aloqalarni jadallashtirishga kelishib oldi
O‘zbekiston va Turkiya mudofaa vazirlari hamkorlikning joriy holati va istiqbollari haqida fikr almashdi.
Bugun, 27 iyun kuni Mudofaa vazirligi markaziy apparati binosi oldida Turkiya milliy mudofaa vaziri Yashar Gyulerni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Harbiy orkestr tomonidan ikki davlat madhiyasi ijro etildi. Shundan so‘ng qardosh xalq harbiy delegatsiyasi sharafiga Mudofaa vazirligida qabul uyushtirilib, muzokaralar davom ettirildi. Suhbat davomida O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov va Turkiya milliy mudofaa vaziri Yashar Gyuler ikki tomonlama hamkorlikning joriy holati va istiqboldagi rejalarni muhokama etishdi.

Mudofaa vazirlari davlat rahbarlarining oliy darajadagi tashriflari davomida erishilgan natijalarga, shuningdek O‘zbekiston va Turkiya davlatlarini bir-biri bilan chambarchas bog‘lab turuvchi jihatlarga alohida to‘xtalib o‘tishdi hamda harbiy sohada ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati, istiqboliga, shuningdek harbiy tayyorgarlik va ta’lim masalalariga ham alohida e’tibor qaratishdi.



Ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik sohalardagi munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarish va bu borada soha mutaxassislarining malakasini oshirish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi, jangovar tayyorgarlik va harbiy ta’lim yo‘nalishlarida aloqalarni yanada jadallashtirishga kelishildi.
Mavzuga oid
08:22 / 05.06.2026
Qaysi davlatlar mudofaa uchun eng ko‘p mablag‘ ajratyapti?
08:28 / 24.04.2026
Reyting: dunyodagi eng yirik 15 ta mudofaa budjeti
15:44 / 19.03.2026
Ukraina va Ispaniya mudofaa sohasida yangi kelishuvlar imzoladi
18:43 / 03.03.2026