XVJ Ukrainaga 2,2 mlrd yevro miqdorida transhni ma’qulladi
Xalqaro valuta jamg‘armasining kengaytirilgan moliyalashtirish dasturi doirasida Kiyevga to‘lovlar umumiy hajmi yangi transhni hisobga olgan holda taxminan 7,6 milliard dollarni tashkil etadi.

Foto: AP
Xalqaro valuta jamg‘armasi (XVJ) ijroiya kengashi 28 iyun, juma kuni Ukrainaning to‘rt yillik kengaytirilgan moliyalashtirish dasturi (Extended Fund Facility Arrangement, EFF) doirasida moliyalashtirish mexanizmini to‘rtinchi bor ko‘rib chiqishni yakunladi. Natijada Kiyevga 2,2 milliard dollar (taxminan 2 milliard yevro) miqdorida kredit transhi taqdim etilishi ma’qullandi, deb xabar qildi XVJ matbuot xizmati. Yaqin kunlarda bu mablag‘lar Ukraina budjeti ehtiyojlariga yo‘naltiriladi.
«Qiyin sharoitlarga qaramay, Ukrainaning EFF doirasidagi iqtisodiy ko‘rsatkichlari kuchliligicha qolmoqda. Mart oyi oxirida barcha miqdoriy ko‘rsatkichlarga erishildi va iyun oxirigacha bo‘lgan barcha tuzilmaviy ko‘rsatkichlar o‘z vaqtida yoki biroz kechikish bilan amalga oshirildi», deyiladi press-relizda. XVJ ekspertlarining fikricha, «Ukraina iqtisodiyoti barqarorligicha qolmoqda, garchi uning istiqbollari nihoyatda noaniq».
Mart oyi oxirida Kiyev XVJdan 880 million dollar miqdoridagi uchinchi kredit transhini oldi. Avvalgi 900 million dollarlik transh fond tomonidan 2023 yil dekabrida tasdiqlangan edi. 2023 yil mart oyida XVJ Ukrainaga 48 oylik kengaytirilgan moliyalashtirish dasturi doirasida 15,6 milliard dollar ajratishni ma’qulladi. EFF dasturi bo‘yicha to‘lovlarning umumiy hajmi yangi transhni hisobga olgan holda qariyb 7,6 milliard dollarni tashkil etadi, deb xabar berdi XVJ.
XVJ Ukraina YaIM o‘sishi bo‘yicha prognozini yomonlashtirdi
Shu fonda XVJ Ukrainaning 2024 va 2025 yillardagi YaIM o‘sishi prognozini qayta ko‘rib chiqdi. «Yilning qolgan qismi va 2025 yilga bo‘lgan prognoz, asosan, Ukraina energetika infratuzilmasiga qilingan hujumlar va Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi davomiyligi haqidagi noaniqlik tufayli yomonlashdi», deyiladi Ukraina bo‘yicha iqtisodiy tahlil hujjatida.
Endi XVJ Ukraina yalpi ichki mahsulotining 2024 yilda o‘sishi aprel oyidagi 3,5 foizlik prognozdan 2,5 foizdan 3,5 foizgacha bo‘lishini kutmoqda. 2025 yil uchun YaIM o‘sishi prognozi 6,5 foizdan 5,5 foizga tushirildi.
«Rossiyaning Ukrainaga hujumi Ukrainaga falokatli ijtimoiy va iqtisodiy ta’sir ko‘rsatishda davom etmoqda. Urushga qaramay, Ukraina rasmiylarining mohirona siyosati, shuningdek, sezilarli tashqi ko‘mak tufayli makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik saqlanib qoldi. Iqtisodiyot barqarorligicha qolmoqda, buni uy xo‘jaliklari va kompaniyalarning moslashish qobiliyati aks ettiradi», dedi XVJ rahbari Kristalina Georgiyeva.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yil boshidan beri eng ko‘p qanday ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgani aytildi
O‘zbekiston | 08:54
-
Hindiston va O‘zbekiston harbiylari ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi
O‘zbekiston | 08:32
-
Rossiyadagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
Jahon | 08:20
-
Remontada bo‘lmadi. «Arsenal» «Real»ni tojdan mahrum etdi
Sport | 03:04
Mavzuga oid

16:44 / 16.04.2025
Ukrainada harbiy holat va safarbarlik 6 avgustgacha uzaytirildi

13:06 / 16.04.2025
Ukraina Bosh shtabi: Sumiga zarba bergan brigadaga hujum qilindi

13:03 / 16.04.2025
AQSh Ukrainaga harbiy yordam uchun «qarz» miqdorini uch barobarga kamaytirdi

12:26 / 16.04.2025