Zelenskiyning xabar berişiça, UXX rahbari vazifasini vaqtinça bajaruvçi Yevgeniy Xmara unga amalga oşirilayotgan maxsus operatsiyalar, şuningdek, Rossiyaga qarşi «uzoq va örta masofali sanksiyalar» deb ataluvçi çoralar hamda UXXning «Alfa» maxsus operatsiyalar markazi faoliyati yuzasidan hisobot taqdim etgan.

Ukraina rasmiylari «uzoq va örta masofali sanksiyalar» deganda Rossiya hududidagi harbiy va energetika obektlariga, jumladan Ukraina çegarasidan uzoq joylaşgan hududlar va Rossiya tomonidan qöşib olingan Qrimdagi nişonlarga dronlar orqali amalga oşirilayotgan zarbalarni nazarda tutadi.

Zelenskiyning ta’kidlaşiça, UXX sönggi bir neça oy davomida turli xil uçuvçisiz qurilmalardan samarali foydalaniş orqali frontda Ukraina pozitsiyalarini himoya qiliş böyiça yuqori natijalarga erişgan.

Şuningdek, u UXXning «Alfa» maxsus operatsiyalar markazini Rossiya armiyasining tirik kuçi va harbiy texnikasiga eng köp zarar yetkazgan bölinmalardan biri sifatida e’tirof etgan.

Rossiyani muzokaralarga undaş maqsad qilingan

24 iyun kuni Zelenskiy Ukraina «Katta yettilik» (G7) davlatlari bilan muhokama qilingan zarur vositalarga ega bölsa, Rossiyani tinçlikni tanlaşga majbur qila olişini aytgan edi. Biroq u hamkorlar bilan aynan qanday yordam masalasi muhokama qilinganiga aniqlik kiritmagan.

Qrim va Rossiya hududidagi hujumlar kuçaymoqda

Sönggi vaqtlarda Ukraina Rossiya tomonidan qöşib olingan Qrim yarimoroli hamda Rossiyaning ayrim hududlaridagi harbiy va energetika infratuzilmasiga dronlar orqali hujumlarni kuçaytirdi.

25 iyunga ötar keçasi Ukraina dronlari Krasnodar ölkasining Krasnoarmeysk tumanida joylaşgan «Poltavskaya» neft bazasiga hujum qildi. Krasnodar ölkasi tezkor ştabi ma’lumotiga köra, dron bölaklari tuşişi oqibatida obektda yonğin yuzaga kelgan.

Mazkur neft bazasi Krasnodar ölkasining bir qismi hamda Adigeya Respublikasiga yonilği yetkazib beradi.

Şu keçaning özida bir qator Telegram kanallari Qrimda ham dron hujumlari amalga oşirilganini xabar qildi. «Krymskiy veter» kanali ma’lumotiga köra, Balaklava va Tavriya issiqlik elektr stansiyalari nişonga olingan, şuningdek, «Kaça» harbiy aerodromi yaqinida kuçli portlaş sodir bölgan.