Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziya kompaniyasi O‘zbekistonda “zapravka”lar tarmog‘ini tashkil etadi
“FIVE Petroleum Malaysia” kompaniyasi bilan O‘zbekistonga investitsiya kiritish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Kompaniya Toshkent shahri va keyinchalik respublikaning boshqa hududlarida yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini yaratishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning “FIVE Petroleum Malaysia” kompaniyasi asoschisi va bosh direktori King Lim Chin Fui bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Muloqot chog‘ida Malayziya kompaniyasi rahbari bilan O‘zbekistonga investitsiya kiritish imkoniyatlari muhokama qilingan.
King Lim shu yil may oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan biznes-forumda viloyat hokimligi bilan alyuminiy bankalar ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha erishilgan kelishuvni amalga oshirishdan manfaatdor ekanini ma’lum qilgan.
“FIVE Petroleum Malaysia” rahbari kompaniya tomonidan ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan alyuminiy bankalarini yetkazib berishda O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan salqin ichimliklar ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik o‘rnatishga tayyorligini bildirgan. Shuningdek, Malayziya tomoni bilan Toshkent shahri va keyinchalik respublikaning boshqa hududlarida yonilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini yaratish va ularni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash bo‘yicha loyihani ham amalga oshirish ishlarini boshlashga kelishib olingan.
“FIVE Petroleum Malaysia” kompaniyasiga 2020 yilda asos solingan. Kompaniya Malayziya bo‘ylab 110 dan ortiq avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarini boshqaradi. Shuningdek, 400 dan ortiq yoqilg‘i quyish shoxobchalariga ega “BHPetrol” kompaniyasining 60 foiz ulushiga egalik qiladi.
Mavzuga oid
11:42 / 02.06.2026
“Malayziya yordamga tayyor” – elchi islomiy moliyani joriy qilish haqida
21:56 / 01.06.2026
Malayziya 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tishini taqiqladi
08:18 / 05.05.2026
Ziroat Mirziyoyeva Malayziya qirolichasi bilan uchrashdi
12:54 / 02.04.2026