23:15 / 02.07.2024
1457

Yevro-2024. Niderlandiya Ruminiyani yirik hisobda mag‘lub etib, chorakfinalga chiqqan 7-jamoaga aylandi

Foto: Getty Images

Yevro-2024 nimchorakfinali doirasidagi 7-juftlik o‘rtasidagi bahsda Niderlandiya Ruminiyaga qarshi saf tortdi.

«Alyans Arena»da o‘tgan bahsning 20-daqiqasida Kodi Gakpo hisobni ochgan bo‘lsa, 83-daqiqada aynan uning uzatmasidan keyin zaxiradan maydonga tushgan Malen Niderlandiyaning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda esa aynan Malenning o‘zi hisobni yiriklashtirdi – 3:0.

Shu tariqa, Niderlandiya chorakfinalga yo‘llanma olgan 7-jamoaga aylandi. Hozirgacha Angliya, Shveytsariya, Ispaniya, Germaniya, Portugaliya va Fransiya ham chorakfinalga yo‘llanma olgandi. Ronald Kuman shogirdlari ushbu bosqichda Avstriya – Turkiya o‘yini g‘olibiga qarshi maydonga tushadi. Bahs 6 iyul kuni o‘tkaziladi.

Yevro-2024. 1/8 final

Ruminiya – Niderlandiya 0:3

Gollar: 0:1 – 20 Gakpo, 0:2 – 83 Malen, 0:3 – 90+3 Malen.

Ruminiya – Nitse, Ratsiu, Burke, Dregushin, Mogosh (Rakovitan, 38), Xadji (Alibek, 72), Stanchu, Marin, Marin (Chikildeu, 72), Man, Dregush (Mixeile, 72).

Niderlandiya – Verbryuggen, Dumfris, de Vrey, van Deyk, Ake (van de Ven, 69), Sxauten (Verman, 69), Reynders, Simons, Bergveyn (Malen, 46), Gakpo, Depay.

Ogohlantirishlar: Marin (67), Dumfris (77), Stanchu (81).

Mavzuga oid
Top