Andijon şahrida 2 iyuldan boşlab 1-sonli «Gulşan MFY — Andijon şahar şifoxonasi» avtobus yönalişi brutto-şartnoma tizimiga ötkazildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, uşbu yönalişga 20 dona avtobus biriktirilgan bölib, qatnov oraliq intervali 10 daqiqani taşkil etadi.
Şu munosabat bilan, yölovçilarning avtobuslarga çiqişi va tuşişi qat’iy tartibda oraliq bekatlaridan amalga oşirilişi lozimligi ta’kidlangan. Haydovçilarga tegişli yöriqnomaga asosan faqat bekatlarda yölovçi oliş va tuşirişi, qat’iy jadval asosida harakatlanişi, yölovçi bor yoki yöqligidan qat’i nazar har bir bekatlarda töxtab ötişi lozimligi tuşuntirilgan.
Yangi tizimga muvofiq taşuvçi bosib ötilgan yöl va sifat mezonlari asosida yölovçilarga xizmat körsatişi lozim. Tez orada yana 3 ta şahar avtobus yönalişi bosqiçma-bosqiç ravişda uşbu tizimga ötkaziladi.








