Poytaxtda avtobus bekatlari buzilib, örniga yangi tipdagilari örnatilmoqda. Yangi bekatlar qişning sovuq, yozning jazirama kunlarida yölovçilarga nima bera oladi? Soyasi yetmaganidan quyoşdan pana izlab özini har yonga urayotgan odamlar bu yangilik haqida qanday fikrda? Kun.uz odamlarga mikrofon tutdi.
Toşkent şahrida jamoat transporti infratuzilmasini yaxşilaş maqsadida boşlangan avtobus bekatlarini modernizatsiya qiliş işlari davom etmoqda. Poytaxt hokimligiga köra, hozirga qadar 1000 dan ortiq bekat yangilangan.
Joriy yil mart oyi boşida Toşkent şahar hokimi barça bekatlarni yagona standart asosida bosqiçma-bosqiç modernizatsiya qiliş töğrisidagi qarorni imzolagan edi. Hujjatga köra, poytaxtdagi jami 2717 ta bekatdan 1185 tasi yangilanişi, şuningdek, ulardagi noqonuniy savdo şoxobçalari olib taşlanişi belgilangan.
Loyiha Yöl harakatini taşkil etiş markazi (YHTeM) tomonidan muvofiqlaştirilib, davlat-xususiy şeriklik mexanizmi asosida amalga oşirilmoqda. Rasmiylarning ta’kidlaşiça, yangi bekatlar platformalari tekis va tösiqsiz bölib, imkoniyati çeklangan fuqarolar uçun ham moslaştiriladi. Şahar böylab kunlik yölovçilar oqimi hozirda 1,4 million kişini taşkil etmoqda va yil yakuniga qadar bu körsatkiçni 2 million kişiga yetkaziş rejalaştirilgan. Bu esa bekatlarning siğimi va qulayligiga bölgan talabni yanada oşirmoqda.
Rasmiy ma’lumotlar ortida qanday amaliy holat mavjudligini aniqlaş maqsadida Kun.uz muxbiri bir neçta bekatda bölib, yölovçilar fikri bilan qiziqdi.
Sörovnoma davomida respondentlarning aksariyati yangi bekatlarning "oçiq" va "yupqa" konstruksiyaga ega ekanidan şikoyat qildi. Şuningdek, bekatlarning quyoş, yomğir va boşqa noqulay ob-havo şaroitlaridan yetarli darajada himoya qila olmasligi asosiy muammolardan biri sifatida qayd etildi. Aksariyat yölovçilar bekatlar zamonaviy dizaynga ega bölsa-da, amaliy foydalaniş nuqtayi nazaridan yetarliça qulay emasligini ta’kidladilar. Ayniqsa, yoz oylaridagi yuqori harorat şaroitida soyabon maydonining kiçikligi yölovçilarga noqulaylik tuğdirayotgani ta’kidlandi.
«Quyoşli kun, issiq kunlari quyoşni qop ketayotganligini sababli, sal kengaytiriş ham kerak. Naves bölsa yaxşi, odamlarga qulay böladi-da», — deya izohladi yölovçilardan biri.











