Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada o‘zganing uyini soxta hujjatlar bilan sotib yuborgan shaxslar ushlandi
Bir nechta shaxs o‘zaro til biriktirib, o‘zga bir fuqaroning Farg‘ona shahrida joylashgan xonadonini qalbaki hujjatlar orqali 20 800 AQSh dollariga pullab yuborgan.
Farg‘onalik fuqaro o‘zgaga tegishli bo‘lgan xonadonni soxta hujjatlar bilan sotib yubordi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda fuqaro V.K. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, fuqaro M.N.ga boshqa bir fuqaro N.T.ga tegishli xonadonni go‘yoki o‘ziniki ekanini aytib, qalbaki hujjatlar bilan 20 800 AQSh dollariga sotganliklari aniqlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026