Yevro-2024 turniri kosmik tezlikda davom etmoqda: pley-offning birinçi bosqiçi allaqaçon yakunlandi. 1/4 finalda yana qator favoritlar uyga qaytadi — turnir setkasi «top» jamoalarni çorakfinaldayoq bir-biriga röpara qilgan.

Eng yaxşi jamoa — Ispaniya

Ayni vaqtda turnirning eng yaxşi jamoasiga savollar yöq. Ispaniya ölim guruhidan uçta ğalabaga erişib, birorta gol ötkazmasdan çiqqandi.

Ispanlar pley-offda baribir gol ötkazib yuborişdi, ammo öyinning ilk daqiqalaridayoq gurjistonliklar 90 daqiqa davomida bu raqibga doş bera olmasligi körinib turgandi. Qarşi hujumlarga tayaniş va Mamardaşvilining seyvlaridan umid qiliş iş bermadi — çorakfinalga faqat nisbatan kuçsiz raqibga röpara bölganlar ötmoqda.

De La Fuente boşqaruvidagi Ispaniya — turli variantlarga ega jamoaga aylangan. Murabbiy tarkibni şunday tuzganki, endi öyin davomidayoq öyin kartinasini keskin özgartiriş mumkin böladi. Jamoa öyinni nazorat qila oladi, birinçi raqamda öynaydi va himoyaning eng yopiq liniyalarini ham buzib ötiş yölini topadi.

Tarkib — turnirdagi eng kuçlilardan biri. Yamal 16 yoşidayoq dovdirab qolmayapti va yorqin öyinlar körsatmoqda, Uilyams esa asosiy örindan mustahkam örin egalladi, yarimhimoya markazida ayni vaqtda jahonning eng yaxşi futbolçilaridan biri bölib turgan Rodri joy olgan, mudofaa esa — yaxşi pas beruvçi himoyaçilar va darvozabon uyğunligiga ega.

Faqat bitta muammo bor — muxlislar hozirça Ispaniyaning bu versiyasini çinakamiga top raqibga qarşi öyinda körişmadi. Ular guruhda xorvatlarning keksaygan va holdan toygan avlodi, oldingi çempionatdagi tarkibni umuman yodga solmaydigan va hali öz öyinini şakllantira olmagan italyanlar, autsayder albanlar bilan öynaşdi, pley-offning ilk bosqiçida — bor kuçi va hissiyotlarini guruh bosqiçida qoldirib çiqqan gurjistonliklar raqib böldi. Endi bugun Germaniyaga qarşi öyin uçun qanday reja tayyorlanganiga guvoh bölamiz — hozirça bu final repetitsiyasi bölib körinmoqda.

Eng yaxşi futbolçi — Diogu Koşta

Portugaliya futbolini kuzatuvçilar Koştani ança vaqtdan buyon yaxşi bilişadi. «Portu» darvozaboni allaqaçon jahonning eng xaridorgir darvozaboniga aylangan .

Sloveniya bilan öyinda Diogu öz narxi nega bu qadar qimmatligini körsatib qöydi. Mamardaşvili va jamoasi çiqib ketganidan keyin aynan u turnirning eng yaxşi darvozaboni böliş uçun asosiy nomzod bölib qoldi.