Sport | 02:53 / 06.07.2024
9211
2 daqiqa o‘qiladi

Yevro-2024. Fransiya Portugaliyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, yarimfinalga yo‘l oldi

Foto: Getty Images

Yevropa chempionatida ikkinchi chorakfinal bahsi bo‘lib o‘tdi. 

Portugaliya va Fransiya milliy jamoalari o‘rtasidagi bellashuvning asosiy vaqtida va qo‘shimcha bo‘limlarida ham hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida esa Feliksning xato zarbasi fransuzlarga g‘alaba keltirdi. 

Yevrolar tarixidagi eng yaxshi to‘purar Krishtianu Ronaldu bu safargi qit’a chempionatini golsiz tark etdi. 

Fransiya 9 iyul kungi yarimfinalda Germaniyani mag‘lub etgan Ispaniya bilan to‘qnash keladi. 

Yevro-2024. 1/4 final

Portugaliya — Fransiya 0:0

Penaltilar seriyasi — 5:3.

5 iyul, «Folkparkshtadion»

Portugaliya – Koshta, Kanselu (Semedu, 74), Pepe, Diash, Mendesh, Fernandesh (Konseysau, 74), Bernardu Silva, Palinya (Ruben Nevesh, 90+2), Vitinya (Nunesh, 119), Leau (Feliks, 106), Ronaldu.

Fransiya – Menyan, Kunde, Upamekano, Saliba, Ernandes, Kante, Chuameni, Kamavinga (Fofana, 91), Grizmann (Dembele, 67), Mbappe (Barkolya, 106), Kolo-Muani (Tyuram, 86). 

Ogohlantirishlar: Palinya (79), Saliba (84).

Mavzuga oid