Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Rossiya YouTube'ni bloklashga tayyorlanmoqda
Rossiya hukumati YouTube'ni mamlakat hududida bloklashga tayyorlanmoqda. Bu haqda «Gazeta.Ru» nashri yozgan. Manbaga ko‘ra, bloklash sentabr oyida amalga oshiriladi.
Foto: Getty Images
Nashrning prezident ma’muriyatiga yaqin manbasiga tayanib xabarda berishicha, iyul-avgust oylarida Rossiyaning ba’zi hududlarida YouTube faoliyati yomonlashadi. Qayerdadir sayt sekin ishlaydi, qayerdadir ilova qota boshlaydi. Bloklash esa sentabrdan boshlanadi.
12 iyul kuni Roskomnadzor YouTube faoliyatida «Google kompaniyasiga tegishli texnikalardagi nosozlik sabab» uzilishlar kuzatilishi haqida ogohlantirish e’lon qildi. «Meduza»ning hukumatdagi manbalariga ko‘ra, YouTube tezligi allaqachon ongli ravishda siqila boshlangan.
Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov Rossiya hukumatida YouTube'ni bloklash rejasi yo‘qligini aytdi.
Rossiyada AQShdagi Meta korporatsiyasiga tegishli WhatsApp messenjerini ham «bo‘g‘ish» boshlab yuborilgan. Keyingi bosqichda messenjer bloklanishi mumkin, ammo Duma deputati Anton Nemkinga ko‘ra, hozircha bu borada qaror qabul qilinmagan. Deputat mamlakatda WhatsApp faoliyati ongli ravishda sekinlashtirilayotganini tasdiqlagan.
Deputat Nemkinning aytishicha, Rossiya Telegram'ni ham yana bloklashi mumkin. Moskva olti yil avval bu ishni to‘liq uddalolmagandi. «Oxirgi olti yilda biz texnik jihatdan yaxshigina o‘sishga erishdik, hozir Telegram'ni bloklay olamiz», degan u.
Mavzuga oid
19:12 / 17.03.2026
Shoygu Ukrainaning havo hujumlari tobora uzoqqa borayotganidan shikoyat qildi
14:46 / 17.03.2026
Rossiyada qo‘lga olingan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
14:18 / 17.03.2026
Polsha yana bir Rossiya razvedka samolyotini to‘xtatib qoldi
11:20 / 17.03.2026