Jahon | 19:48 / 12.07.2024
20353
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy Tojikistonda maxfiy harbiy baza qurmoqda – The Telegraph

Xitoy Tojikistonda qariyb o‘n yildan beri yashirin tarzda harbiy baza qurayotgan bo‘lishi mumkin. Britaniyaning The Telegraph nashriga ko‘ra, baza qariyb 4 ming metr balandlikda joylashgan va bu yerda har ikki davlat qo‘shinlari muntazam harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazib turadi.

Foto: AP

Xitoy Tojikiston hududida bir necha yildan beri yashirin harbiy baza qurayotgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Britaniyaning The Telegraph nashri yozdi.

“13000 fut balandlikdagi tog‘larda joylashgan obektda kuzatuv minoralari bor va har ikki davlat qo‘shinlari muntazam harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazib turadi. Bu yerda har ikkala tomonning ham qo‘shinlari mavjud”, deya yozadi The Telegraph.

Na Dushanbe va na Pekin harbiy inshootning mavjudligini tan olmaydi.

The Telegraph turli yillarda sun’iy yo‘ldoshdan olingan bir qancha rasmlarni ham joylashtirgan.

2013 yil avgust
2016 yil avgust
2019 yil may
2022 yil avgust

Ta’kidlanishicha, 2016 yilda Xitoy va Tojikiston o‘rtasida xavfsizlik shartnomasini imzolagan. Afg‘onistonda "Tolibon" hokimiyat tepasiga kelgach, Tojikistonga tahdid kuchaygan bo‘lishi mumkinligiga ham urg‘u beriladi.

Avvalroq, 4 iyul kuni XXR raisi Si Jinping rasmiy tashrif bilan Tojikistonga borgani va Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid