Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda davlat imtihonlari boshlandi
Bugun, 14 iyul kuni 8:00da davlat imtihonlariga start berildi. Bu yil 805 ming 688 nafar abituriyent testlarda ishtirok etadi. Imtihonlar 25 iyulgacha davom etadi.

Foto: Kun.uz
2024/2025 o‘quv yili professional va oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun test imtihonlari boshandi. Imtihonlar respublikaning 73ta yopiq turdagi binolarida o‘tkaziladi. Binolar bilan to‘liq bu yerda tanishish mumkin.
Test 14-25 iyul kunlari 2 smenada bo‘lib o‘tadi.
1-smena: 8:00da;
2-smena:15:00da boshlanadi.
Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida 1 yarim soat oldin belgilangan hududda kelish talab etiladi.
Ular testga passport (ID) va abituriyent ruxsatnomasi olib kelishlari talab qilinadi.
Abituriyentga testni yechish uchun 3ta majburiy fanlarga 60 daqiqa, 2ta mutaxassislik faniga 120 daqiqa vaqt beriladi.
Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:
–my.uzbmb.uz saytining «Natijani olish» bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda;
–mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID-raqamini kiritgan holda;
–Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID-raqamini yuborgan holda:
Ma’lumot uchun, bu yil 805 ming 688 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirik etish uchun shartlarni to‘liq bajargan, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 18 foizga kam.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00 / 20.07.2025
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30 / 20.07.2025
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Dang‘arada Tojikiston bilan birgalikda 10 million dollarlik sim zavodi qurilmoqda
Iqtisodiyot | 21:25 / 20.07.2025
-
Ukraina Rossiyaga muzokaralarning yangi raundini o‘tkazishni taklif qildi
Jahon | 20:47 / 20.07.2025
-
Ilhom Aliyev Ukrainani hech qanaqasiga «okkupatsiyaga rozi bo‘lmaslik»ka chaqirdi
Jahon | 20:19 / 20.07.2025
-
Indoneziyada bortida 280 kishi bo‘lgan parom yonib ketdi (video)
Jahon | 19:57 / 20.07.2025
Mavzuga oid

10:46 / 18.07.2025
18 nafar talabani imtihondan o‘tkazib berishini va’da qilgan universitet o‘qituvchisi ushlandi

23:48 / 15.07.2025
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi

10:04 / 14.07.2025
Oliygohlarga kirish imtihonlari boshlandi

15:45 / 08.07.2025