Senatning ellik törtinçi yalpi majlisida parlament nazorati doirasida Toşkent şahrida tadbirkorlikni rivojlantiriş va ekologik vaziyatni yaxşilaş yuzasidan amalga oşirilgan işlar holati körib çiqildi.

Majlisda ta’kidlanganidek, şaharda 2023 yil yakuni bilan 327 ta hududiy korxonalar 10,2 trln sömlik zarar bilan yakunlagan.

Şu bilan birga, Mirzo Uluğbek tumanidagi işlab çiqariş korxonalaridan iborat kiçik sanoat zonasida muntazam ravişda elektr va gaz ta’minotida muammolar mavjudligi, Yakkasaroy tumanida esa Yoşlar sanoat va tadbirkorlik zonasi taşkil qiliş böyiça işlar töliq amalga oşirilmaganligi, Yaşnobod tumanida 28 ta lotdan iborat Yoşlar sanoat va tadbirkorlik zonasi taşkil qilingan bölsa-da, biroq bugungi kunda 28 ta lotdan faqat 12 tasi auksion orqali sotilganligi körsatib ötildi.

“Tadbirkor virtual ofisi” axborot portali orqali kelib tuşgan murojaatlarni körib çiqiş tartibi va muddati ustidan nazorat örnatilgan bölişiga qaramasdan, murojaatlarning 29 foizini (106 ta) körib çiqiş muddatlari buzilgan.

Bundan taşqari, respublika miqyosida atmosferaga yiliga 2 mln 200 ming tonnadan ziyod ifloslantiruvçi moddalar çiqarilayotgan bölib, Toşkent şahrida havodagi ifloslantiruvçi moddalar miqdori qariyb 420 ming tonnani taşkil etgan.

Hududlardagi ayrim korxonalarda haligaça 10 yildan ortiq işlatilayotgan çang-gaz tozalaş uskunalari modernizatsiya qilinmagan.

Joriy yilning ötgan davri davomida daraxtlarning noqonuniy kesilişi bilan boğliq 87 ta holat aniqlanib, tabiatga jami 817,3 mln söm zarar yetkazilgan. Şahardagi oqova suv tozalaş inşootlari samaradorligi past bölib, Salar va Bözsuv inşootlarida 72 foizni, Bektemir inşootida 53 foizni taşkil qiladi.

Senatorlar tomonidan şaharda tadbirkorlikni rivojlantiriş va ekologik vaziyatni yaxşilaşda yöl qöyilgan kamçiliklar mas’ul vazirlik va idoralarga körsatib ötildi hamda işbilarmonlik muhitini yaxşilaşga, ekologiya sohasida mavjud talablar bajarilişini ta’minlaşga qaratilgan zarur çoralar köriş yuzasidan takliflar bildirildi.