Yevro-2024. Final
Ispaniya – Angliya 2:1
Gollar: 1:0 – 47 Uilyams, 1:1 – 73 Palmer, 2:1 – 86 Oyarsabal.
Ispaniya – Unai Simon, Karvaxal, Laport, Le Norman (Naço, 83), Kukurelya, Fabian Ruis, Rodri (Subimendi, 46), Olmo, Uilyams, Yamal (Merino, 89), Morata (Oyarsabal, 68).
Angliya – Pikford, Uoker, Stounz, Gehi, Şou, Rays, Foden (Touni, 89), Bellinghem, Maynu (Palmer, 70), Saka, Keyn (Uotkins, 61).
Ogohlantirişlar: Keyn (25), Olmo (31), Stounz (53), Uotkins (90+2).
Yevropa çempionatiga öyin uslubi butunlay bir-biriga zid jamoalar yetib kelgandi. Bir tomonda — hujumkor va yorqin, romantik futbolga sodiq qolgan Ispaniya, ikkinçi tomonda — zerikarli va haddan taşqari pragmatik, tarkibidagi ijroçilari darajasiga mos kelmaydigan öyin körsatayotgan Angliya. Buni final uçun ideal juftlik deyiş mumkin edi.
Ispanlar tarkibidagi asosiy özgariş sifatida — Yamal endi 16 yoşli vunderkind bölib emas, voyaga yetgan futbolçi sifatida maydonga tuşganini qayd etiş mumkin; u final arafasida 17 yoşini nişonladi. Tarkib böyiça barçasi oldindan ma’lum edi, de la Fuente — finalda tajriba qiladigan darajada tavakkalçi emas. Karvahal va Le Norman diskvalifikatsiyani ötab maydonga qaytdi — ular oldindan asosiy tarkib futbolçilari edi.
Sautgeyt ham iş berib turgan tizimni buzişni istamadi. Yana uç markaziy himoyaçidan iborat sxema tanlandi, Saka öng qanot laterali rolida tuşdi, qarama-qarşi qanotda esa Şou harakat qildi, bu uning uçun fevral oyidan buyon ilk bor boşlanğiç tarkibda öynaşi edi. U bu pozitsiyaga könikib keta olmagan, asosiy oyoği öng oyoq bölgan Trippiyerni almaştirdi.
Birinçi bölim örtalarida töpga egalik qiliş böyiça ustunlik 70:30 nisbatida ispanlar tomonida edi. Ular butun vaqtini inglizlar mudofaasida böş joy topişga uriniş bilan ötkazişdi. Ammo bundan naf çiqmadi — ikki jamoa ham nafaqat himoyada, balki ötiş fazalarida ham xatosiz harakat qildi. Ikki jamoada ham tezkor qarşi hujumlarga ötib ketiş imkoni yuzaga kelmadi. Ispaniya ilojsizlikdan qanotlardan uzatma berişga ötdi va bu ham mutlaqo foydsiz edi.
Birinçi bölim Sautgeytning ssenariysi böyiça keçdi deyiş mumkin, qanotlarda Uoker Niko Uilyamsga, Şou Lamin Yamalga öyin bermadi. Jamoalar sifatli futbol namoyiş etişdi, ammo yaqqol vaziyatlar yaratilmadi. 45 daqiqa davomida tomonlar darvoza sohasi tomon bittadan aniq zarba yöllaşdi, kutilgan gollar böyiça birgalikda xG 0,37 körsatkiçini qayd etişdi.




















