Qaşqadaryo viloyati, Qamaşi tumanidagi xususiy boğçada 20 may kuni fojia sodir böldi.

Millar körsatuvi xabariga köra, 2 yoşli qiz boğça yaqinidagi ariqqa çökib halok bölgan.

Boğça xodimi bergan körsatmaga köra, bolalarning yarmi uxlatiş uçun xonaga olib kirilgan, boşqalari hovlida qolgan. Ulardan biri nazoratsiz qolgani sababli köçaga çiqib, boğça atrofidagi ariqqa tuşib ketgan.

Boş prokuror matbuot kotibi Hayot Şamsutdinovning ma’lum qilişiça, voyaga yetmagan bolaning ölimi sababini aniqlaş uçun sud-tibbiy ekspertizasi, hamda maktabgaça ta’lim taşkiloti xodimlari harakatiga baho beriş uçun idoraviy xizmat tekşiruvi tayinlangan. Tergovga qadar suriştiruv tadbirlari ötkazilmoqda.