Messi bilan suratga tuşişni istamagan bola, farroşning öğli va noodatiy oyoqlar. Yevropaning yangi çempionlari haqida qiziqarli faktlar
|20:50 / 18.07.202425 50813 min
Ispaniya milliy jamoasining köplab futbolçilari qiziqarli biografiyaga ega.
Foto: Sport-EkspressFoto: Sport-Ekspress
Ispaniya milliy jamoasi rekord darajada törtinçi bor Yevropa çempionatida ğalaba qozondi. Yevro-2024 finalida «Qizil furiya» Niko Uilyams va Mikel Oyyarsabalning gollari evaziga Angliyani mağlub etdi (2:1). Jamoaning qator futbolçilari yuqori darajaga çiqquniça maşaqqatli mehnat va qiyin pallalar yölini bosib ötgan. Quyida Yevropaning yangi çempionlari töğrisidagi dramatik va ba’zi hollarda kulgili tarixlar keltiriladi.
Messi olti oylik Yamalni bolalar vannasida çömiltirgan
Yevro vaqtida Laminning otasi turnirning eng yaxşi assistentining (törtta golli pas) bolaligida röy bergan ajoyib voqeani esladi. Yamal yarim yoşligida (2007 yil dekabr) Lionel Messi bilan fotosessiyada iştirok etgan, uni «Barselona»ning öşa vaqtdagi titul homiylari Diario Sport va YUNISEF uyuştirgandi. Taşkilot bolalar himoyasi bilan şuğullangan va şuning uçun fotosessiyada jamoa futbolçilari bilan birga çiqişi uçun Kataloniyaning qaşşoq hududlaridan nomzod çaqaloq qidirgan.
Ulardan biri olti oylik Yamal edi. Uning ota-onasi fotosessiyada iştirok etişga nomzodlar tanlovida ğolib çiqadi. Messi mitti Laminni bolalar vannasida çömiltirayotgani aks etgan surat şunday yaraladi. Fotosuratçi Joan Monfort bu obrazni öz qizini çömiltirayotgan çoğda öylab topganini aytgan. Bu «Barselona»ning ikki eng iste’dodli tarbiyalanuvçisining ajabtovur uçraşuvi bölgandi.
Rodri faoliyatining ilk davrida yotoqxonada yaşagan
Uşbu yarimhimoyaçi bolaligidan köp vaqtni nafaqat futbolga, balki öqişga ham ajratgan — hatto ingliz tilini örganiş uçun AQŞ va Irlandiyaga borgan. U professional faoliyatini boşlaganidan keyin ham ta’lim olişni töxtatib qöymagan. 2013 yilda u «Vilyarreal»ga qöşiladi va ikki yil ötib la ligada debyut qiladi. Öşanda Rodri 19 yoşda bölgan va u hamon Kastiliya universitetida biznes boşqaruvi böyiça tahsilni davom ettirayotgandi. Bu vaqtda futbolçi öquv muassasasi yotoqxonasida yaşagan hamda bu bilan guruhdoşlarini hayron qoldirgan.
Niko Uilyamsning ota-onasi Sahroyi Kabirni piyoda kezib ötgan
Yevro finalidagi birinçi gol muallifining ota-onasi Liberiyadagi fuqarolik uruşi va qaşşoqlikdan qoçib, tinç va farovon hayot izlab yölga çiqqan afrikaliklar edi. Ular qora qit’aning eng şimoliy nuqtasi va Ispaniya hududi hisoblangan Melilya şahriga yetib oliş uçun Afrikaning qariyb yarmini piyoda yurib ötadi. Bu yölning katta qismi ölim xavfiga töla bölgan Sahroyi Kabir böylab ötardi — uşbu sayohat davomida Nikoning otasi oyoqning pastki qismida sezuvçanlikni yöqotadi. Ular Ispaniya çegarasidan ötganida esa qamoqqa taşlanadi — faqat advokat ularga qamoqdan çiqiş va Ispaniyada qolişda yordam beradi.
Mavzuga oid
«Ular tom ma’noda butun yölni piyoda holda bosib ötişgan, — deya hikoya qiladi Nikoning akasi Inyaki. — Onam ularning hamrohlaridan köpçiligi bu sinovlarga bardoş berolmagani va ularni sahroning özida dafn etişga töğri kelganini aytib bergan. U şuningdek yaxşi hayot istab Ispaniyaga yoki boşqa mamlakatlarga yöl olgan odamlarni tunagan qaroqçilar haqida aytib bergan. Ular şunday odamlar bilan ham töqnaşgan».
Dani Olmo bolaligida Messi bilan suratga tuşişdan boş tortgan va 16 yoşida Xorvatiyaga ketib qolgan
Yevro-2024 çempionatining eng yaxşi töpurarlaridan biri «Barselona» akademiyasi yulduzlaridan biri edi — u 16 yoşida öz yoş toifasidagi guruh sardori edi va «La Masiya» rahbariyati unga katta umid bildirardi. Ammo ösmir Olmo otasi bilan maslahatlaşganidan keyin futbolçilik faoliyatining davomi uçun öta noodatiy qaror qabul qilib, «Barsa» bilan şartnomasi yakunlangaç, öyin amaliyoti uçun Xorvatiyaga yöl oladi. Kataloniyaliklar uşbu yigitçani olib qolişni istaşgandi, qolaversa, unga «Mançester Siti» va «Mançester Yunayted» kabi klublar qiziqiş bildirgandi. Ammo Dani barça top-klublardan köra Zagrebning «Dinamo» klubini afzal köradi.
Yakunda uşbu ispan Xorvatiyada beş yildan ortiq vaqt ötkazib, uşbu mamlakatga mehr qöyadi — uni özining ikkinçi vatani deb atab, mahalliy tilni örganadi hamda yugoslav uruşlari tarixini örganişga qiziqib qoladi. Bu vaqtda esa «Barselona»dagilar közlariga işonmasdi: ular ota va öğilni ahmoqlar deb atab, katta Olmoni bolakayning karerasini barbod qilişda ayblaşadi.
«Ular Daniga qönğiroq qilişgan, yozişgan: «Qayoqqa ğoyib bölding? Sen nimalar qilyapsan?», — deya xotirlaydi xorvatiyalik agent Endi Bara.
Danining bolaligida yana bir ajabtovur voqea röy bergandi. U sakkiz yoşida Barselonaga qöşni bölgan Kasteldefelse şaharçasidagi turnirda iştirok etadi — germaniyalik bolalarga qarşi öyin bölayotgan stadionga kutilmaganda barça kataloniyalik bolalar kumiri bölgan Lionel Messi taşrif buyuradi. Olmoning otasining dösti bolakayni suratga tuşişga çaqiradi, ammo u rad etadi — unga maydonda töp öynaş qiziqroq edi. Buni kutmagan erkak esa qariyb kuç işlatgan holda uni argentinalikning yoniga sudrab olib keladi. Suratga tuşişdan keyin bolakay Messiga biror söz demasdan yana maydonga çopib ketadi.
Naço 12 yoşidan qandli diabet bilan oğrib keladi
«Real» sardori bolaligidayoq futbol bilan xayrlaşişi mumkin edi. 12 yoşida — öşanda Naço Fernandes allaqaçon blankoslar akademiyasida şuğullanardi — unga qandli diabet taşxisini qöyişadi va sport bilan şuğullanişni taqiqlaşadi. Kiçik ispanning faoliyatini oila şifokori saqlab qoladi, u endi bolakayga köproq jismoniy yuklama kerakligini aytadi.
«Bir turnirdan qaytgandim, butun hafta qiyin ötgandi: juda çanqagandim, juda köp suv içdim va tez-tez hojatxonaga çopardim, — deya hikoya qiladi Naço. — Onam meni şifoxonaga olib bordi — menda diabet aniqlandi, qonimda şakar miqdori juda yuqori edi. Bu juma kuni edi, menga futbolni unutişim kerakligini aytişdi. Bundan yomonroq yangilikni tasavvur qilib bölmasdi va men butun dam oliş kunlari şu bilan yaşaşim kerak edi. Duşanba kuni esa men oilaviy şifokorimizga bordim va u menga buning aksini aytdi: men sport bilan köproq şuğullanişim va heç qanaqasiga futbolni taşlamasligim kerakligini. Buni eşitib men baxtdan yettinçi osmonga çiqqandek böldim. Ammo bundan buyon men özimga köproq ğamxörlik qilişim talab etilardi».
Xesus Navasning ruhiy muammolari
Ispaniyalik futbolçi köp yillar davomida içki qörquvini yenga olmay yaşaydi. 2006 yil yozida iste’dodli Xesus Sevilyani tark etiş va yaşaş joyini özgartirişdan qörqqani tufayli «Çelsi»ga ötişdan boş tortgan. Ruhiy muammolarning ilk xuruji futbolçiga 18-19 yoşlarida yoğiladi — safar öyinlariga borganida asablari doş bermay uyğonib ketar, uyqusizlikdan qiynalar va hatto yuragida muammolar paydo bölardi. Istiqbolli futbolçi «Çelsi»dan keyin «Arsenal» va «Real»ga ham rad javobini beradi. Avvaliga u hatto Ispaniya milliy jamoasi yiğinlariga borişdan ham qörqqan.
Keyin esa şifokorga uçrab, muammoni hal qilişga kirişadi. Unda agorafobiyaning oğir şakli aniqlanadi — bu odamlar gavjum joylar, şovqin va uydan uzoqda bölişdan qörqiş taşxisi edi. Qaysidir pallalarda Xesusga safarlarda u bilan bir xonada yaşagan Serxio Ramos köz-quloq bölgan va uning yonidan jilmagan. Navas köp vaqt davomida psixologlar bilan işlagan va tuzala boşlagan: 27 yoşida esa ota-onasidan ajralib çiqib, oila quradi va nihoyat «Sevilya»ni tark etadi. Uning yangi klubi «Mançester Siti» böladi, uşbu klub Xesus kelişi uçun jiddiy iş olib borgandi — ispaniyalik futbolçi oilasi bilan birga köçib kelişi uçun şaroit yaratgan, hatto uning akasi Markoni Mançesterning «Beri» klubiga joylaştirib, ularning yaqin bölişini ta’minlagandi.
Kukurelyaning onasi u futbol maydonida ajralib turişi uçun soçini uzun östirgan
Uzun soç himoyaçi — Ispaniya jamoasining taşqi körinişi bilan yaqqol ajralib turadigan futbolçisi. Mark bolaligidan uzun soçlarga ega bölgan. Avvaliga uning onasi şu tarzda uni futbol maydonidagi boşqa bolalardan oson farqlaşni xohlagan, ulğaygaç esa Kukurelyaning özi ham imijini özgartirişni istamagan.
Fabian Ruisning onasi öğlining karerasini saqlab qoliş uçun «Betis» akademiyasida farroş bölib işlagan
Yevroning eng yaxşi yarimhimoyaçilaridan birining bolaligi oğir ötgan. Fabian sakkiz yoş ekanida otasi oilani taşlab ketadi — ona uç bola bilan yolğiz qoladi. Bu vaqtda Fabian «Betis» akademiyasida şuğullanişni boşlagandi, ammo maşğulotlarga boriş uçun bir soatga yaqin vaqt ketardi. Yolğiz ona bu vaqtni ajratişga juda qiynalardi, çunki yana ikki farzandiga qaraşi va ularni boqiş uçun işlaşi kerak edi.
Mitti futbolçiga klubi yordamga keladi — «Betis» onasi uni har kuni muammosiz maşğulotga olib kelişi uçun unga farroşlik işini taklif qiladi. Yakunda ayol bu lavozimda 14 yil davomida işlaydi va faqat öğli uni ta’minlay boşlaganidan keyingina işdan ketadi.
«Men uyatçan bolakay edim, ammo u farroş bölib işlaşi menga ğalati tuyulmasdi, — deya xotirlaydi Ruis. — Bu ham boşqa har qanday iş kabi iş. Ha, onam har kuni men va döstlarim oldida bölişi noodatiy hol edi, ammo men buni ğurur bilan qabul qildim. Onam — mening kumirim».
Ispaniyalik muxlislar Moratadan nafratlanişgan
«Qizil furiya» sardori — milliy jamoa safidagi eng köp tanqidga uçragan futbolçi edi. Ötgan safargi Yevropa çempionati vaqtida hujumçi manziliga tonnalab nafrat yoğdiriladi: 2021 yilda Alvaro uç gol urgandi, ammo ispaniyalik muxlislar uni vaziyatlardan foydalana olmagani uçun tinç qöyişmaydi. Fanatlar futbolçiga, uning rafiqasi va hatto bolalariga ölim tilaşadi. Ispanlar Morataga huştakbozlik qilişadi va uning ruhiy holatini masxara qilişadi — Polşa bilan öyindan keyin forvard töqqiz soat mobaynida uxlay olmaydi, çunki Ispaniyaning öyindagi yagona golini urganiga qaramay, tanqidlarning ulkan oqimiga uçraydi. U keyinroq yarimfinalda Italiyaga qarşi penaltilar seriyasida ham hal qiluvçi zarbada xatoga yöl qöygaç, yanada qattiqroq tanqid qilinadi.
Bu Yevroda ham vaziyat şunga öxşaş edi. Turnir boşlanişidan oldin uning çaqirilişi xato ekanini aytişdi, uning ustidan kulişdi, tanqid qilişdi va jamoa usiz yaxşiroq öynaşini aytişdi. Alvaro esa bundan qattiq ranjidi.
«Meni qattiq tanqid qilişmoqda, holbuki Yevroda ğolib çiqiş uçun men qölimni kesib berişga tayyorman, — deya norozilik bildiradi u. — Ispaniyada men çindan ham özimni baxtiyor his qilişim qiyin».
Endi u yana Italiyaga, bu safar «Milan» klubiga qaytmoqda.
Oyyarsabal oyoqlarining ulkan hajmi uçun kulgili laqab olgan
Finaldagi ğalaba goli muallifi Mikel Oyyarsabal antiqa oyoqlarga ega — hujumçining oyoqlari 47-ölçamda. Şu bilan birga, uning böyi u qadar baland emas — 181 santimetr. «Real Sosiyedad» tarbiyalanuvçisi Qora odam laqabini olgani bejiz emas. Bunday uzun oyoq bilan Mikel finaldagi gol urilgan vaziyatda ofsaydga tuşmay qolgani ham ajablanarli — uni «öyindan taşqari» holatdan bir neça santimetr ajratib qolgan.