O‘zbekiston | 14:33 / 19.07.2024
33055
2 daqiqa o‘qiladi

Dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi

O‘zbekiston bo‘yicha 19-21 iyul kunlariga ob-havo prognozi berildi.

Foto: Kun.uz

Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda mahalliy xususiyatga ega bo‘lgan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi va momaqaldiroq bo‘ladi, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Havo harorati o‘tgan ish haftasiga nisbatan biroz yuqori bo‘lib, +34...+39 darajani tashkil etadi, janubda ba’zi joylarda +40...+41 darajagacha bo‘ladi.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

Poytaxtda bugun va dam olish kunlari havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.

Harorat kechasi +22...+24 daraja, kunduzi +35...+38 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid