Jahon | 20:30 / 19.07.2024
8299
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaliklarning 81 foizi migrantlarga nisbatan salbiy kayfiyatda emasligi ma’lum qilindi

Butunrossiya jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi (VsIOM) tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma rossiyaliklarning 81 foizi migrantlardan hayiqmasligini ko‘rsatib berdi.

Foto: profile.ru

Rossiya davlat so‘rovnoma xizmatining navbatdagi so‘rovnomasi kutilmaganda rossiyaliklarning aksariyati migrantlarni istalmas shaxslar deb hisoblashi haqidagi fikrlarda asos yo‘qligini ko‘rsatib berdi. So‘ralganlarning 81 foizi migrantlarga nisbatan salbiy kayfiyatda emasligini aytgan. Faqat 12 foiz so‘ralganlar mavjud migratsion siyosatdan cho‘chishini bildirgan.

VsIOM siyosiy tadqiqotlar departamenti rahbari Mixail Mamonov rossiyaliklarning katta qismi mamlakatning ko‘p millatli bo‘lishi uni yanada kuchaytiradi degan fikrda ekanini aytgan.

Biz migrantlar nisbatan nafrat yo‘qligiga guvoh bo‘lmoqdamiz: 81 foiz so‘ralganlar o‘zi yashayotgan aholi punktiga boshqa joydan kelganlarga nisbatan negativ his-tuyg‘ular tuymasligini bildirgan. Bu juda katta ko‘rsatkich”, – degan Mamonov.

Kelib chiqishi tojikistonlik bo‘lgan shaxslar tomonidan “Crocus City Hall”da sodir etilgan terrorchilik aktidan so‘ng Rossiyada kuchishlatar tizimlar yordamida reydlar ko‘paytirildi va migratsion siyosat kuchaytirildi. RF Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin migrantlarni deportatsiya qilish uchun asos bo‘ladigan huquqbuzarliklar ro‘yxati kengaytirilishini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan. Ro‘yxatga RF Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining jamoatchilik tartibi va xavfsizlikka daxl qilish bilan bog‘liq yana 20 ta moddani qo‘shish rejalashtirilgan.

Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin avvalroq migrantlar o‘rtasida jinoyatchilik oshib borayoganini qayd etgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yarim yil ichida xorijdan kelgan fuqarolar o‘rtasida nomusga tegish jinoyatlari 5 foizga, voyaga yetmagan bolalarga nisbatan shahvoniy xatti-harakatlar qilish 25 foizga oshgan.

Mavzuga oid