O‘zbekistonning 4 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
23-26 iyul kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi ortidan tog‘li hududlarda sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralmoqda.

Foto: Kun.uz
Joriy yilning 23-26 iyul kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet agentligi direktori Sherzod Habibullayev ogohlantirdi.
Unga ko‘ra, quyidagi hududlarda sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin:
- Toshkent viloyati — Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
- Namangan viloyati — Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
- Farg‘ona viloyati — So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida va Shohimardon hududida;
- Andijon viloyati — Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘ralmoqda.
Shuningdek, Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

12:36 / 20.06.2025
To‘rtta viloyatda sel xavfi e’lon qilindi

20:33 / 12.06.2025
Zominning bir qator hududlariga sel keldi

19:41 / 10.06.2025
Zominda sel tufayli avtomobil yo‘li yopilib qoldi

11:02 / 09.06.2025