Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden prezidentlik poygasini tark etganidan keyin ilk bor amerikaliklarga murojaat qiladi
AQSh prezidenti saylov poygasini nega tark etganini tushuntirib, kelgusi rejalari bilan o‘rtoqlashmoqchi.
Bayden 25 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 5:00 da amerikaliklar oldida nutq so‘zlaydi. U o‘zini nima kutayotgani va «Amerika xalqi uchun ishni qanday tugatishi» haqida gapiradi. NBC telekanalining xabar berishicha, Bayden aholiga poygani tark etish qarori sabablarini tushuntirish niyatida.
Bu prezidentlik poygasidan chiqishini e’lon qilganidan keyin davlat rahbari ishtirokidagi birinchi ommaviy tadbirdir.
Saylov poygasidan chiqishdan biroz oldin, Bayden kovid bilan kasallangan edi. Siyosatchi ommaviy tadbirlarni bekor qildi va Delaver shtatidagi uyida o‘zini izolyatsiya qildi. Prezident 23 iyul kuni ishga qaytishi kutilmoqda.
Baydenning o‘zi qayta saylanishdan voz kechish qarorini e’lon qilgan kuni amerikaliklar oldida nutq so‘zlash niyatida ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qilingan bayonotida aytilgan. Prezident nutq shu hafta bo‘lib o‘tishini ta’kidladi.
Keyinroq NBC telekanali manbalarga tayanib, Bayden va uning yordamchilari nutq tayyorlayotgani, unda u amerikaliklarga poygadan chiqish qarori sabablarini tushuntirish niyatida ekani haqida xabar berdi.
Mavzuga oid
09:02
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026