Turizm sohasi tadbirkorlari import qiladigan avtobus va mikroavtobuslar bojdan ozod etiladi
2025 yil 1 avgustgacha turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan import qilinadigan avtobus va mikroavtobuslar bojxona bojidan ozod etiladi.
“O‘zbekistonda turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
2025 yil 1 avgustgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasida ro‘yxatga olinib, litsenziyaga ega bo‘lgan turoperatorlarga, istisno tariqasida, ekstremal turlarni tashkil qilish uchun dvigatel hajmi 2,4 litrdan kam bo‘lmagan yuqori o‘tish qobiliyatiga ega transport vositalari import qilinayotganda bojxona boji va utilizatsiya yig‘imini amaldagi stavkaning 25 foizi miqdorida 3 yil muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat etiladi.
2025 yil 1 avgustgacha turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan import qilinadigan avtobus va mikroavtobuslar bojxona bojidan ozod etiladi.
Turizm qo‘mitasi tomonidan ro‘yxati shakllantiriladigan xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalarida turizm sohasidagi tadbirkorlar, hunarmandlar, madaniyat va san’at vakillari ishtirok etadi.
Bunda, 2025 yil 1 yanvardan:
- xalqaro turizm yarmarka va ko‘rgazmalari uchun hokimliklarning mahalliy budjetidan 1 milliard so‘mdan kam bo‘lmagan mablag‘lar ajratiladi;
- faoliyat boshlaganiga 3 yildan ko‘p bo‘lmagan turoperatorlarning xalqaro turizm yarmarka va ko‘rgazmalaridagi pavilon ijarasi xarajatining 50 foizi qoplab beriladi;
- hunarmandlarning xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalaridagi pavilon ijarasi, ularda namoyish etiladigan mahsulotlarini tashish va aviachipta xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.
Tavsiya etamiz
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
3 ga 90. Isroil va Hamas o‘rtasidagi sulh qanday kechmoqda?
Jahon | 20:11 / 20.01.2025
Xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lgan prezident maktabi o‘quvchilariga BYD sovg‘a qilindi
O‘zbekiston | 19:59 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?
O‘zbekiston | 17:03 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘istondan yerosti quvuri orqali O‘zbekistonga benzin tashigan shaxslar ushlandi
O‘zbekiston | 19:13
-
Apple yana dunyoning eng qimmat brendlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi
Jahon | 18:36
-
Tuxum yetishtirish kooperatsiyasi uchun 50 million dollar yo‘naltiriladi
O‘zbekiston | 18:35
-
O‘zbekiston 2024 yilda gaz importini 2,4 barobarga oshirdi
Iqtisodiyot | 18:08
Mavzuga oid
21:13 / 19.01.2025
Suriyaning yangi hukumati Rossiya, Eron va Isroil tovarlari importini taqiqladi
12:20 / 18.01.2025
O‘zbekistondan qo‘shni davlatlarga yangi avtobus yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yilmoqda
22:55 / 15.01.2025
Avtobuslarda naqd pulsiz tizimga o‘tish bir necha yillik reja: noqulayliklar nega avvaldan to‘liq o‘ylanmadi?
18:27 / 15.01.2025