Özbekiston 2024 yilda 628 mln dollarlik gaz eksport qilib, bundan 2,5 barobar köp – 1,68 mlrd dollarlik gaz import qildi. Bu Statistika agentligi e’lon qilgan hisobotdan ma’lum bölmoqda.

Hisobotga köra, Özbekistonning gaz importi bir yil içida qiymat jihatdan 2,4 barobarga oşgan. 2023 yilda Turkmaniston va Rossiyadan 694,9 mln dollarlik gaz sotib olingan bölsa, 2024 yilda bu körsatkiç 1,68 mlrd dollarga yetgan.

Özbekiston Statistika agentligi ma’lumotlari asosida Kun.uz diagrammasi

2024 yildagi zangori yoqilği importini 2022 yil (281,9 mln dollar) bilan taqqoslaganda, ösiş 6 barobarni taşkil etadi.

Ötgan yili gaz eksporti ham oşgan. 2023 yilda xorijga 529,9 mln dollarlik gaz yetkazib berilgan bölsa, 2024 yilda eksport qiymati 18,4 foizga oşib, 627,6 mln dollarni taşkil etdi. Eksport ötgan yili iyun oyidan boşlab keskin faollaşgan.

Özbekiston Statistika agentligi ma’lumotlari asosida Kun.uz diagrammasi

Gaz eksporti va importi qiymatlari örtasidagi manfiy farq 985,1 mln dollarga teng böldi.

Özbekiston ilk marta tabiiy gazning netto importçisiga aylangan 2023 yilda uşbu farq 165 mln dollar bölgandi.

2024 yilning dekabr oyida 34,2 mln dollarlik yoki ötgan yilning mos davriga nisbatan 67 foizga köp gaz eksport qilingan. Yilning sönggi oyida 127,9 mln dollarlik gaz import qilingan bölib, bu 2023 yilning dekabriga nisbatan 3,3 foizga kam.