Suriyaning yangi hukumati Rossiya, Eron va Isroil tovarlari importini taqiqladi
Bashar Asad rejimi ag‘darilgach Suriyaga import tovarlarini olib kirish boshlangan: Damashq do‘konlarida Turkiya suvlari, Saudiyaning oziq-ovqat mahsulotlari, Amerika shokoladlari paydo bo‘lgan.

Foto: Getty Images
Suriya Moliya vazirligi Rossiya, Eron va Isroil tovarlari importiga taqiq qo‘ydi, deb xabar beradi Al Araby. Ushbu davlatlardan keladigan mahsulotlar musodara qilinadi.
Shu bilan birga, Isroil tovarlariga nisbatan joriy etilgan embargo ancha yillardan beri amalda. Nashrning qayd etishicha, prezident Bashar Asad rejimi ag‘darilgach Suriyaga import tovarlarini olib kirish boshlangan: Damashq do‘konlarida Turkiya suvlari, Saudiyaning oziq-ovqat mahsulotlari, Amerika shokoladlari, shuningdek, Pepsi ichimligi paydo bo‘lgan.
Buning fonida yangi hukumat moliyaviy hisob-kitoblarni dollarda amalga oshirishga ruxsat bergan va yagona bojxona bojini joriy etgan. Ta’kidlanishicha, bu mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun xomashyo importini yengillashtirishga yordam beradi va sanoatni rag‘batlantiradi.
Yanvar boshlarida AQSh Suriya davlat muassasalari bilan ayrim moliyaviy operatsiyalar, xususan, energiya resurslari uchun to‘lovlar, shuningdek, mamlakat Markaziy banki orqali o‘tkazmalarga qo‘yilgan taqiqni vaqtincha bekor qilgan.
Shu bilan birga, Rossiya yangi hukumat bilan munosabatlar noaniqligi va to‘lovlarda uzilish yuz berayotgani bois Suriyaga g‘alla yetkazib berishni to‘xtatgan. O‘z navbatida Suriyaning yangi hukumati hozirga qadar Rossiyaga Tartus portidagi qurollari va harbiy texnikalarini olib chiqib ketishga ruxsat bermayapti.
Maxar sun’iy yo‘ldosh suratlariga ko‘ra, qariyb 10 kun oldin Rossiya harbiylari portga katta miqdordagi texnikalarni — 100 dan ortiq yuk mashinalari, shuningdek, havo hujumidan mudofaa radarlarini olib kelgan. Ammo bularning barchasi bir joyda qimirlamay turibdi. Odamlar va texnikalarni evakuatsiya qiladigan yagona joy bu Xmeymim aviabazasi bo‘lib qolmoqda.
Tavsiya etamiz
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Radikal isroilliklar Nablus hududidagi o‘nlab daraxtlarni yo‘q qildi
Jahon | 09:00
-
Hamas G‘azoda 60 kunlik sulh bitimiga «ijobiy» javob berdi
Jahon | 08:44
-
YuNeSKO qarorgohida o‘zbek xalqining choy ichish bilan bog‘liq an’analari taqdim etildi
O‘zbekiston | 08:40
-
Tramp soliqlar to‘g‘risidagi «katta ajoyib» qonun loyihasini imzoladi
Jahon | 08:37
Mavzuga oid

20:05 / 04.07.2025
Moskva viloyatidagi Ozarboyjon diasporasi rahbari Rossiya fuqaroligidan mahrum qilindi

19:10 / 04.07.2025
IShID va ash-Shar’aning maqsadlari ayro, Suriyadagi o‘zbeklar-chi?

17:41 / 04.07.2025
Rossiyada ozarboyjonlik kriminal avtoritet Vagif Bakinskiy ushlandi

16:13 / 04.07.2025