Rossiyadagi yangi qonun: migrantlar IIV qaroriga ko‘ra chiqarib yuboriladi
RF Davlat dumasi xorijiy davlat fuqarolarini mamlakatdan chiqarib yuborishning yangi migratsion rejimi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi, deb xabar beradi TASS.
Qonun loyihasining mohiyatiga ko‘ra, Rossiyada bo‘lib turish muddatlariga rioya qilmagan, migratsion hujjatlar muddatini o‘tkazib yuborgan va huquqbuzarliklar sodir etgan xorijlik fuqarolar ustidan nazorat kuchaytiriladi.
Bunday migrantlar davlat nazorati reyestriga kiritiladi va reyestr davlat hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaxslar uchun ochiq bo‘ladi.
Ayni paytda Rossiyada chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni RF hududidan tashqariga ma’muriy jazo tartibida chiqarib yuborish sud tomonidan belgilanadi.
Chiqarib yuborilish rejimida bo‘lgan fuqarolarga ko‘chmas mulk va avtomobil xarid qilish, kreditlar olish va avtomobil boshqarish, shuningdek, Rossiya hududida erkin harakatlanish taqiqlanadi. Shuningdek, ularga bank hisob raqamidan 30 ming rubldan ortiq mablag‘ ishlatishi, yangi hisob raqam ochishi taqiqlanadi. Nikoh tuzish chog‘ida FHDYo bo‘limi xorijlik fuqaroning reyestrda bor-yo‘qligini tekshirib ko‘radi.
Kuchishlatar tizimlar xorijlik fuqaro istiqomat qilayotgan xonadonga moneliksiz kirish huquqiga ega bo‘lishadi.
Yangi o‘zgarishlar xorijlik fuqarolarni deportatsiya qilish va ma’muriy tartibda mamlakatdan chiqarib yuborish mexanizmlarini unifikatsiya qilishga, shuningdek, ularni chiqarib yuborish bo‘yicha vakolatlarni ichki ishlar organlariga topshirishga yo‘naltirilgan.
Qonun loyihasi mualliflari bu choralar odamlarni sudga keltirishda vaqt va mablag‘ bilan bog‘liq xarajatlarni qisqartirishi, qoidabuzarlarni chiqarib yuborishni tezlashtirishiga ishonchi komil.
Avvalroq Rossiyaga migrantlar oqimi so‘nggi 10 yildagi eng past darajaga tushib ketgani va rus tilini bilmaydigan migrantlar Rossiyadan deportatsiya qilinishi mumkinligi xabar qilingan edi.
Tavsiya etamiz
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
3 ga 90. Isroil va Hamas o‘rtasidagi sulh qanday kechmoqda?
Jahon | 20:11 / 20.01.2025
Xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lgan prezident maktabi o‘quvchilariga BYD sovg‘a qilindi
O‘zbekiston | 19:59 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?
O‘zbekiston | 17:03 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid
20:28
Tramp prezidentlik lavozimiga kirishgan kuniyoq sudga berildi
18:37 / 20.01.2025
Rossiyada yashash uchun ruxsatnoma olganlarning haydovchilik guvohnomalari 1 yil amal qiladi
17:06 / 20.01.2025
Qozog‘istonda migrantlarni qiynoqqa solgan politsiyachilar sudlandi
11:44 / 18.01.2025