Sud “Navoiyazot”ning Raqobat qo‘mitasiga qarshi shikoyatini rad etdi
Raqobat qo‘mitasi mineral o‘g‘itlar bozorida ustun mavqega ega “Navoiyazot” AJni 2021-2023 yillarda birjadagi narx manipulyatsiyalari orqali 20,5 mlrd so‘m asossiz daromad olganlikda aybladi. Kompaniya bu ayblovni rad etib, sudga murojaat qildi, holatni o‘rganib chiqqan sud shikoyatni qanoatlantirmadi.

Foto: "Navoiyazot" AJ
Toshkent tumanlararo ma’muriy sudi “Navoiyazot” AJning Raqobat qo‘mitasining qarori ustidan shikoyatini ko‘rib chiqib, rad etdi.
Raqobat qo‘mitasiga ko‘ra, mineral o‘g‘itlar bozorida ustun mavqega ega “Navoiyazot” yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni birja orqali sotishda narxlarni manipulyatsiya qilgan.
Jumladan, jamiyat tomonidan 2021-2023 yillarda mineral o‘g‘it (karbamid, sulfat ammoniya, superfosfat), polivinilxlorid (PVX) va formalin mahsulotlarini tegishli jadvallarda nazarda tutilgan muddatlarda va hajmlarda (jami 57 209 tonna) birja savdolariga qo‘ymagan, oqibatda taklifning sun’iy ravishda kamaytirilishi natijasida narxlar o‘rtacha 10 foizdan 50 foizgacha oshgan.
Qo‘mitaning qayd etishicha, mazkur huquqbuzarliklar natijasida jamiyat tomonidan jami 20,5 mlrd so‘m asossiz daromad olingan. Shunga ko‘ra, monopoliyaga qarshi organ kompaniyaga bajarilishi majburiy ko‘rsatma bergan.
“Navoiyazot” AJ Toshkent tumanlararo ma’muriy sudiga shikoyat qilib, Raqobat qo‘mitasining bu qarori va ko‘rsatmasini haqiqiy emas deb topishni so‘ragan.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, sudning 23 iyul kungi hal qiluv qarori bilan, kompaniya shikoyati rad etilgan.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron AQSh ishtirokida uranni boyitish bo‘yicha konsorsium tuzishni taklif qildi
Jahon | 12:18
-
Yevroittifoq Ukraina tovarlariga bojlarni qaytarish niyatida
Jahon | 12:15
-
“Akromjon emas, Xamitbekman” – xavfli jinoyatchining 15 yillik siri
Jamiyat | 12:11
-
Hududlarda mikrosanoat markazlari tashkil etiladi
O‘zbekiston | 12:07
Mavzuga oid

11:26 / 05.05.2025
Click ustun mavqega ega raqamli platforma deb topildi

12:53 / 02.05.2025
Qozog‘iston va O‘zbekiston birjalari meva-sabzavotlarni hamkorlikda sotadi

17:15 / 20.04.2025
Respublika tovar-xomashyo birjasiga yangi boshqaruv raisi tayinlandi

07:52 / 15.04.2025