Hindiston bosh vaziri Modi avgustda Ukrainaga tashrif buyuradi
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Rossiyaning keng ko‘lamli hujumi boshlanganidan beri birinchi marta avgust oyida Ukrainaga tashrif buyurish niyatida. OAV xabarlariga ko‘ra, u Moskva va Kiyevga tinchlik muzokaralarida vositachilikni taklif qilishi mumkin.

Foto: Reuters
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi avgust oyida Ukrainaga tashrif buyurish niyatida. Bu haqda 27 iyul, shanba kuni Hindistonning ingliz tilidagi WION nashri Dehlidagi diplomatik manbalarga tayanib xabar berdi. Ularga ko‘ra, Modining safari hozircha tayyorgarlik bosqichida va katta ehtimol bilan avgust oyi uchinchi haftasida, taxminan 23 avgustda bo‘lib o‘tadi. Bu Hindiston bosh vazirining Rossiya keng ko‘lamli hujumi boshlanganidan beri Ukrainaga birinchi tashrifi bo‘ladi.
Rossiyaning TASS agentligi Hindiston parlamentidagi manbaga tayanib, Modi Moskva va Kiyevga tinchlik muzokaralarida vositachilikni taklif qilishi mumkinligini yozmoqda. «Hindiston Rossiya bilan ko‘p yillik do‘stona munosabatlarga ega, bosh vazir esa prezident Vladimir Putin bilan yaxshi munosabatlarga ega», deya suhbatdoshining so‘zlarini keltirgan TASS.
Mart oyida Modi va Volodimir Zelenskiy telefon orqali suhbatlashgan, uning davomida Ukraina rahbari Hindiston bosh vazirini Ukrainaga kelishni taklif qilgan. Iyun oyida ular Italiyadagi «katta yettilik» sammiti doirasida uchrashishdi. Bu suhbat chog‘ida Narendra Modi «Hindiston tinch yo‘l bilan kelishuvni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni davom ettirishini» yana bir bor ta’kidladi.
Modi iyul oyida Rossiyaga tashrif buyurdi
8-9 iyul kunlari Hindiston bosh vaziri Moskvaga tashrif buyurib, Putin bilan uchrashdi. Ushbu tashrif davomida Narendra Modi Ukrainada muloqot orqali tinchlikka erishishga chaqirdi. «Tinch yechimlar va muzokaralar bomba, qurol va snaryadlar ostida ishlamaydi», dedi u.
Hindiston bosh vaziri, shuningdek, 8 iyul kuni Rossiya tomonidan raketa zarbasiga uchragan Kiyevdagi «Oxmatdet» kasalxonasida bolalarning o‘limi yuzasidan «og‘riq va dahshat»ni bildirdi. «Begunoh bolalar o‘ldirilganda, ularning o‘lishini ko‘rsangiz, yuragingiz og‘riydi va bu og‘riq chidab bo‘lmas daraja», dedi Modi.
Bu uning urush boshlanganidan beri Rossiyaga birinchi tashrifi edi.
Rossiya Ukrainada jang qilayotgan hindlar bilan shartnomalarni to‘xtatadi
Rossiya Mudofaa vazirligi u bilan shartnoma imzolagan barcha Hindiston fuqarolarini xizmatdan bo‘shatadi va ularning vatanlariga qaytishiga yordam beradi. Bu qaror Narendra Modining Rossiyaga tashrifidan so‘ng qabul qilindi, deb xabar berdi NDTV.
Fevral oyida Hindiston hukumati Ukrainadagi urushda qatnashgan 20 nafar fuqaroni vataniga qaytarishga harakat qilayotganini bildirgan edi. 6 mart kuni ularning yetti nafari videomurojaat bilan chiqdi, unda ular Rossiya armiyasi safiga aldov yo‘li bilan jalb qilinganliklarini tushuntirdi. Mart oyida Hindistonda yosh yigitlarni Rossiyada ishlash uchun yollaganlikda ayblanib, bir necha kishi qo‘lga olingan edi. RFga kelgandan so‘ng, yollanganlar Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolashga majbur bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Octobank «Barqaror» prognoz bilan Moody’s xalqaro kredit reytingiga sazovor bo‘ldi
O‘zbekiston | 11:00
-
Energiya samaradorligi milliy agentligi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 10:58
-
«Uzum Tezkor» ustun mavqega ega raqamli platforma deb topildi
O‘zbekiston | 10:42
-
AQSh Senati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini taqdim etdi
Jahon | 09:56
Mavzuga oid

08:30
Tramp Ukrainada sulhdan umid uzdi va Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlamoqda

23:14 / 01.04.2025
Ukrainada 20 km masofaga ucha oladigan optik tolali FPV-dronlar sinovdan o‘tkazildi

22:54 / 01.04.2025
Rossiya va Ukraina bir-birini energetika obektlariga zarba berishda davom etayotganlikda aybladi

09:38 / 01.04.2025