Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Magistratura bo‘yicha qabul kvotasi tasdiqlandi
2024/2025 o‘quv yili magistratura bosqichiga qabul uchun jami 17 ming 500 ta kvota tasdiqlandi.
Foto: Getty images
2024/2025 o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga o‘qishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklar va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti e’lon qilindi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.
Magistratura mutaxassisliklari uchun davlat OTMlarida jami 17 ming 500 o‘rin ajratildi. Davlat granti uchun ajratilgan kvotalar – 9 365 tani tashkil qiladi. Shundan o‘zbek tili uchun 8 092 ta, rus tili uchun 1 273 ta o‘rin ajratildi.
Kontrakt bo‘yicha jami 8 135 ta kvota tasdiqlanib, uning 6 539 tasi o‘zbek tili va 1 596 tasi rus tili uchun taqsimlanadi.
Oldinroq, davlat OTMlarida yangi o‘quv yili uchun bakalavriat bosqichi uchun ta’lim yo‘nalishlari, tillar, yo‘nalishlar va OTMlar kesimida qabul kvotalari e’lon qilingan edi.
Mavzuga oid
19:01 / 27.09.2025
Magistraturaga qo‘shimcha qabul e’lon qilindi
18:43 / 23.09.2025
Magistr ayollar kontrakt to‘lovini davlat budjetidan qoplash bo‘yicha ariza berish muddati uzaytirildi
13:46 / 23.09.2025
Qoraqalpog‘iston yoshlari uchun davlat OTMga 500 ta maqsadli kvota ajratildi
18:20 / 31.08.2025