Jahon | 19:08 / 27.07.2024
8223
1 daqiqa o‘qiladi

Tailand kam ta’minlangan 50 mln aholiga 275 dollardan tarqatadi

Mamlakat ushbu dastur orqali o‘z iqtisodiyotini jonlantirishni maqsad qilgan.

Settha Thavesin Foto: Lauren DeCicca/Getty Images

Tailand hukumati kam ta’minlangan 50 million aholiga 10 ming bat (275 dollar) tarqatishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Business Insider.

Tailand naqd pul tarqatish dasturi orqali o‘z iqtisodiyotini pandemiyadan kelib chiqqan tanazzuldan chiqishiga umid qilmoqda.

Bosh vazir Settha Thavesin so‘zlariga ko‘ra, «Raqamli karmon» deb nomlangan dastur yiliga 840 ming bat yoki 23 ming dollardan kam daromad oladigan har bir kishiga 10 ming bat yoki taxminan 275 dollar to‘lashni nazarda tutadi.

«Biz aholining taxminan uchdan ikki qismi haqida gapiryapmiz. Taxminan 50 million kishi dasturda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lishi mumkin», dedi bosh vazir.

Naqd pul tarqatish g‘oyasi bosh vazirning o‘tgan yili lavozimga kirishishidan oldin saylov kampaniyasidagi asosiy va’dasi edi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid