Energetika vazirligi elektr energiyasi rejali o‘chirilishi haqidagi xabarlarni rad etdi
Energetika vazirligi soat 11 dan soat 17 gacha elektr energiyasini o‘chirilishi haqida tarqalgan xabarlarni rad etdi.
Vazirlik 26 iyulda soatlik va kunlik elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilangani haqida xabar e’lon qilgandi. Qayd etilishicha, ushbu xabarda keltirilgan faktlar noto‘g‘ri talqin qilinayotgan holatlar uchramoqda.
Xususan, bir qator Telegram-kanallarda biri-biridan ko‘chirib bosilayotgan postlarda yuqoridagi materialda keltirilgan ma’lumot — 26 iyul Toshkent shahrida soat 11 dan soat 17 gacha ayrim iste’molchilarga kiritilgan qisqa muddatli vaqtinchalik cheklovlar haqidagi fakt «Elektr energiyasi 11 dan 17 gacha o‘chiriladi» mazmunida noto‘g‘ri talqin qilinmoqda. Ayrim saytlar ham rejali o‘chirishlar haqida yozmoqda.
«Qat’iy ta’kidlaymizki, ertaga yoki keyingi kunlarda ham soat 11 dan soat 17 gacha elektr energiyasini o‘chirish rejalashtirilmayapti», – deyiladi raddiyada.
Energetika vazirligi hech bir hududda bu kabi o‘chirishlarni rejalashtirmayotgani ta’kidlangan. Xabarda faqat kelgusida kuzatilayotgan issiqlik fonida qaysidir hududda ortiqcha yuklama tufayli avariya holati yuzaga kelish ehtimoli paydo bo‘lsa, o‘sha tarmoq yoki transformator toki sovib olguniga qadar qisqa muddat tarmoqdan uzib turilishi mumkinligi aytilgan.
Qo‘shimcha qilinishicha, ayni kunlarda ham generatsiya bo‘yicha hech qanday tanqislik yo‘q va bu bo‘yicha majburiy o‘chirishlar ko‘zda tutilmagan. Energotizimda talabdan ortiq 1300 MVt zaxira quvvatlari mavjud.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Neyrotarmoq Vena universitetiga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:31 / 05.04.2025
-
Yevropa bilan sheriklik, bekor qilingan xususiylashtirish va Leapmotor'ga taqiq - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:59 / 05.04.2025
-
AQSh harbiy-dengiz kuchlari yangi atom suvosti kemasiga ega bo‘ldi
Jahon | 22:38 / 05.04.2025
-
Toshkentda Parlamentlararo ittifoq assambleyasi ish boshladi
O‘zbekiston | 22:34 / 05.04.2025
Mavzuga oid

20:14 / 05.03.2025
Metan zapravkalar faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlar bosqichma-bosqich olib tashlanadi

12:33 / 08.02.2025
Anorbank Energetika vazirligi va O‘ztransgaz binolarini sotib oldi

13:22 / 09.01.2025
Energetika vazirligida elektr quvvatlantirish stansiyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazildi

19:23 / 24.12.2024