Jahon | 11:17 / 02.08.2024
4002
2 daqiqa o‘qiladi

Venesuelada 1,2 mingdan ortiq namoyishchi qo‘lga olindi

Prezidentlik saylovi natijalariga qarshi namoyishchilar bilan xavfsizlik kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda 17 kishi halok bo‘ldi.

Foto: AP

Venesuelada prezidentlik saylovlaridan keyin boshlangan tartibsizliklar vaqtida qo‘lga olinganlar soni 1,2 ming kishidan oshdi. Bu haqda Bolivar milliy gvardiyasi bayonotida aytiladi.

Xabarda aytilishicha, hibsga olingan faollar AQSh, Peru, Chili va Kolumbiyada maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan. Rasmiylar ularni «ko‘chalarda terrorizm va zo‘ravonlikni qo‘zg‘atganlikda» ayblamoqda.

Mamlakat prezidenti Nikolas Maduroning so‘zlariga ko‘ra, AQShdan mamlakatga kelgan venesuelaliklar 80 foizi jinoiy faoliyat bilan shug‘ullangan.

Bolivar respublikasi bosh prokurori Tarek Uilyam Saabga ko‘ra, namoyishlar chog‘ida 77 nafar xavfsizlik kuchlari vakili jarohatlangan.

28 iyul kuni Venesuelada prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi.

Venesuela Milliy saylov kengashi amaldagi davlat rahbari Nikolas Maduro 51,2 foiz ovoz bilan uchinchi olti yillik muddatga qayta saylanganini ma’lum qildi.

Muxolifat saylov natijalari soxtalashtirilganini da’vo qilmoqda.

Saylov natijalariga qarshi namoyishchilar va xavfsizlik kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda 17 kishi, jumladan, harbiy xizmatchi halok bo‘ldi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid