Uorren Baffett o‘ziga tegishli Apple aksiyalarining yarmini sotib yubordi
Baffettga tegishli xolding ixtiyorida qolayotgan aksiyalar paketi 84,2 mlrd dollarga baholanmoqda.
Amerikalik milliarder Uorren Baffetning Berkshire Hathawaymoliyaviy xoldingi Apple’dagi aksiyalarining salkam yarmini sotib yubordi. Xolding ixtiyorida qolgan aksiyalar paketi 84,2 milliard dollarga baholanmoqda, deb xabar beradi Wall Street Journal.
Bu ikkinchi chorakda, boshqa qimmatli qog‘ozlarning ommaviy sotuvi oqibatida sodir bo‘lgan. Aprel iyun oylarining o‘zida Berkshire 75,5 milliard dollarlik aksiyalarini sotgan bo‘lib, natijada pul zaxirasi 276,94 milliard dollargacha oshgan.
Nashrning yozishicha, aksiyalar sotuvi va katta miqdorda pulning to‘planishi Baffetga yaxshi daromad keltiradigan, investitsiya kiritish mumkin bo‘lgan sohalarni topishda qiyinchilik tug‘diradi. Amerika fond bozori o‘smoqda: S&P 500 indeksi 20 yillik o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan salkam 16 barobarga katta darajada savdo qildi.
Baffet may oyida, Berkshire aksionerlarning yillik yig‘ilishida vaziyatga oid qarashlari bilan bo‘lishgandi. «Biz to‘planib qolgan pullarni mamnuniyat bilan sarflagan bo‘lardik, ammo harakatlarimiz juda kam tavakkalchilik asosida ko‘p pul olib kelmasa, ularni ishlatmaymiz», — degandi milliarder.
O‘shanda u Apple ko‘rsatkichlarini maqtab, korporatsiyaning biznesi American Express va Coca-Cola’nikidan yaxshiroq ekanini aytgandi.
Baffett — Forbes jurnalining dunyodagi eng boy insonlar ro‘yxatida yettinchi o‘rindagi inson. Uning boyligi 134,6 milliard dollarga baholanadi. 2020 yildan beri Baffettning boyligi ikki barobarga oshdi.
Tavsiya etamiz
Boylar davrasi: dunyo milliarderlari Tramp inauguratsiyasida yig‘ildi
Jahon | 22:19 / 21.01.2025
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT bosh kotibi 2025 yildagi asosiy tahdidlarni sanadi
Jahon | 21:11 / 22.01.2025
-
Chexiyada rossiyaliklarga fuqarolik berishni taqiqlovchi qonun ma’qullandi
Jahon | 23:41 / 22.01.2025
-
AQSh janubida qor bo‘ronlari sabab birinchi marta favqulodda holat e’lon qilindi
Jahon | 23:19 / 22.01.2025
-
"Husanov tezroq ingliz tilini o‘rganishiga umid qilaman. Uning jismoniy ko‘rsatkichlari ajoyib" – Gvardiola Abduqodir Husanov haqida
Sport | 23:12 / 22.01.2025
Mavzuga oid
18:36 / 21.01.2025
Apple yana dunyoning eng qimmat brendlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi
17:40 / 20.01.2025
Apple bu yil 20 dan ortiq mahsulot chiqarishni rejalashtirmoqda
00:50 / 18.01.2025
Apple yangilangan iOSʼdan sun’iy intellekt asosida ishlaydigan funksiyasini o‘chirib qo‘ydi
11:16 / 17.01.2025