Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hamas yetakchisining o‘g‘li: Okkupatsiya va genotsidga qaramay kurashdan voz kechmaymiz
Yetakchilarimizga qilingan hujumlar bizni to‘xtata olmaydi, dedi Abdusalom Haniya.

Foto: Anadolu Agency
Falastinliklar vayronagarchilik va okkupatsiyaga qaramay, ozodlik uchun kurashdan qaytmaydi. Bu haqda Tehronda o‘ldirilgan Falastinning Hamas harakati siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaning to‘ng‘ich o‘g‘li Abdusalom Haniya «Anadolu» agentligiga ma’lum qildi.
«Mening bu qonxo‘r sionistik dushmanga aytmoqchi bo‘lgan gapim shuki, yetakchilarimizga bir asrdan ortiq davom etgan hujumlar bizni to‘xtata olmaydi. Siz Falastin xalqining yurishi va inqilobini to‘xtata olmaysiz», dedi Haniya Dohada otasi bilan vidolashuv marosimida
O‘ldirilgan Hamas yetakchisi o‘g‘li Falastin xalqining g‘alabasi yaqin ekanini aytdi. «Xalqimizga, Falastin xalqiga, G‘azo sektoridagi xalqimizga g‘alaba yaqinligini e’lon qilaman. Allohning izni bilan azoblar barham topadi. Umid qilamizki, bu ma’yus muhit tarqab ketadi», — dedi Abdusalom Haniya.
Uning ta’kidlashicha, otasi bilan xayrlashish juda qiyin, lekin u Falastin xalqining ozodligi va huquqlari uchun kurash yo‘lida vafot etgan. «Otamning qoni G‘azo bolalari va aholisi qonidan ustunroq bo‘lmaganidek, bizning ko‘z yoshlarimiz ham qurbonlar oilalarining ko‘z yoshlaridan ustun emas», deb ta’kidladi u.
Haniya Hamas Falastin xalqi yetakchilari va oilalariga g‘alaba keltirishiga ishontirdi.
«Umid qilamanki, mening xabarim barcha islom va arab davlatlarining poytaxtlariga yetib boradi va bir kun kelib biz bu g‘alabani Falastin xalqi, uning rahbarlari va shahidlar oilalari bilan birga nishonlaymiz. Bizning xabarimiz aniq: Isroil okkupatsiyasi va mintaqadagi mavjudligi tugaydi, buni nishonlaymiz» dedi u va Falastin xalqi vayronagarchilik, okkupatsiya hamda genotsidga qaramay kurashdan voz kechmasligini ta’kidladi.
Tehronda Hamas yetakchisining o‘ldirilishi
Falastinning Hamas harakati siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniya Eron yangi saylangan prezidenti Mas’ud Pizishkiyon inauguratsiya marosimida ishtirok etish uchun Tehronga kelgandi.
Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) 31 iyul kuni ertalab Eron poytaxtida Ismoil Haniya qarorgohiga zarba berilgani haqida ma’lumot tarqatdi.
Eron va Hamas Isroilni qotillikni uyushtirganlikda aybladi. Biroq Isroil rasmiylari voqeaga izoh berishdan o‘zini tiyib turibdi.
Ismoil Haniya 2017 yil 6 may kuni Hamas siyosiy byurosi rahbari etib saylangan edi. U bu lavozimda Xolid Mash’al o‘rnini egalladi.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00 / 20.07.2025
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30 / 20.07.2025
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Aliyev: «Qorabog‘ni tiklashda ilk sovg‘ani O‘zbekiston bergan»
Jahon | 00:57
-
Dang‘arada Tojikiston bilan birgalikda 10 million dollarlik sim zavodi qurilmoqda
Iqtisodiyot | 21:25 / 20.07.2025
-
Ukraina Rossiyaga muzokaralarning yangi raundini o‘tkazishni taklif qildi
Jahon | 20:47 / 20.07.2025
-
Ilhom Aliyev Ukrainani hech qanaqasiga «okkupatsiyaga rozi bo‘lmaslik»ka chaqirdi
Jahon | 20:19 / 20.07.2025
Mavzuga oid

21:41 / 18.02.2025
Hamas G‘azo boshqaruvini topshirishga rozi. Bu amalga oshadimi?

00:03 / 12.02.2025
Netanyahu garovdagi isroilliklar ozod etilishi bo‘yicha Hamasga ultimatum qo‘ydi

08:00 / 11.02.2025
Tramp garovga olinganlarni qaytarishdan bosh tortgani uchun Hamasga «jahannam» bilan tahdid qildi

08:12 / 30.01.2025