
AQŞ prezidenti Donald Tramp tuzgan Tinçlik kengaşi Hamasdan şu hafta oxirigaça Ğazoda qurolsizlaniş böyiça kelişuvni yakunlaşni talab qilmoqda. Bu bilan Falastindagi qurolli guruhni hokimiyatdan voz keçişga majburlaş uçun bosim kuçaytirilmoqda, deb yozmoqda New York Times muzokaralardan xabardor diplomatlarga tayanib.
Ğazoda 2025 yil oktyabr oyida kuçga kirgan öt oçişni töxtatiş tartibini nazorat qiliş uçun xalqaro organ — Tinçlik kengaşi tuzilgan edi. Kengaşning uşbu talabi Hamasdan pirovardida deyarli barça qurollaridan voz keçişni va özining yerosti tunnellari tarmoği xaritalarini taqdim etişni talab qiladi.
Belgilangan muddat, hatto AQŞ va Isroilning diqqat-eʼtibori Eron bilan yangi uruşga qaratilgan bir paytda ham Hamasga nisbatan tobora ortib borayotgan toqatsizlikni aks ettiradi. Diplomatlarning aytişiça, Tinçlik kengaşi va Hamas vakillari seşanba kuni Qohirada uçraşib, hafta oxirigaça qurolsizlanişga doir bitimni imzolaşi kutilmoqda. Şu bilan birga bu muddat özgarişi ham mumkin.
New York Times naşri qölga kiritgan Tinçlik kengaşining içki hujjatiga köra, agar Ğazo qurolsizlantirilsa, Isroil kuçlari sektorning katta qismidan yoki butunlay çiqib ketadi. Hujjatda aytilişiça, Isroilning hayotiy muhim tovarlarni hududga olib kiriş böyiça uzoq yillik çeklovlari bekor qilinadi. Şuningdek, Hamas a’zolariga amnistiya va vaqtinçalik uy-joylar uçun karvonlar yetkazib berilişi aytilgan.
Naşr uşbu ma’lumotlarni Tinçlik kengaşining içki hujjatlari va ismlari sir qolişi şarti bilan gapirgan muzokaralardan xabardor amaldorlarning sözlari bilan tasdiqlagan.
Kengaş va Isroil tomonidan bosim
Kengaşning Ğazo böyiça yuqori martabali mulozimi Nikolay Mladenov ötgan oyda Hamas yetakçilariga qurolsizlaniş taklifini yetkazgan edi. Mladenov 3 aprel kuni agar Hamas Ğazoni qurolsizlantirişdan boş torsa, oğir oqibatlarga duç kelişiga işora qilgandek böldi















